Toshkent 2020 yil



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Yakunlovchi bosqich
da ekspert komissiyasi tomonidan ko‗rib chiqilgan 
barcha hujjatlar bo‗yicha yakuniy xulosa loyihasi tayyorlanadn. Ushbu yakuniy 
xulosa loyihasi buyurtmachi, loyihani ishlab chiqqan tashkilot vakillari, 
jamoatchilik vakillari ishtirokida ekspert komissmyasi majlisida muhokama 
qilinadi. Ushbu yakuniy xulosa ekspert komissiyasining barcha a‘zolari tomonidan 
imzolanadi va ularning roziligisiz o‗zgartirilmaydi. 
Yakuniy xulosaga quyidagilar kiritiladi: 
1. Amalga oshirishga tavsiya etilayotgan xo‗jalik faoliyatining qisqacha 
tavsifi. 
2. Tavsiya etilayotgan xo‗jalik yechimining ekspert baholari. 
3. Tavsiya etilayotgan loyiha buyicha prinsipial mulohazalar. 
4. Loyihani amalga oshirish shartlari va imkoniyatlari (dastur, reja, sxemalar). 
5. Loyihani qayta ishlashga yoki qayta qurishga bo‗lgan ehtiyoj. 
6. Amalga oshirish uchun muvofiq kelmaydigan omillar. 
7. Xulosalar. 
Shuni ham e‘tiborga olish kerakki, xulosa va takliflar aniq va tushunarli 
ta‘riflanishi lozim. Ekspert komissiyasi a‘zolari tomonidan bildirilgan alohida 
fikrlar yakuniy xulosaga ilova qilinadi. 
Davlat ekologik ekspertizani o‗tkazayotgan ekspert organi tavsiya etilgan 
xo‗jalik faoliyati loyihasi bo‗yicha ekspert komissiyasining yakuniy xulosasini 
ko‗rib chiqadi va ―DEE xulosasi‖ ni tayyorlaydi. 
DEE xulosasi tarkibiga 
quyidagilar kiradi: 
1. Ekologik oqibatlar va loyihani amalga oshirish shart-sharoitlari 
to‗g‘risidagi xulosalar. 
2. Qiziquvchi tomonlarning fikr va mulohazalarini ko‗rib chiqish davomida 
paydo bo‗lgan takliflar. 
3. Qurilayotgan xo‗jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish shart-sharoitlari 
bo‗yicha buyurtmachi va qiziquvchi tashkilot va muassasalar uchun tavsiyalar 
kiradi. 
―DEE xulosasi‖ O‗zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish davlat 
qo‗mitasi ekspert kengashi majlisiga muhokama qilinishi mumkin. Shundan keyin 
―DEE xulosasi‖ loyiha buyurtmachisiga va qiziquvchi tashkilotlarga yuboriladi. 
Agar ―DEE xulosasi‖ ijobiy baholansa, xo‗jalik faoliyati loyihasini amalga oshirish 
uchun mablag‘ ajratiladi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
283 
Ekspertiza tugagach, hujjatlarning to‗liq komplekti buyurtmachilarga 
qaytariladi. Hujjatlarning bir nusxasi ekspertiza o‗tkazgan organ arxivida olib 
qolinadi. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin