Toshkent 2020 yil


Ekspertizani o‗tkazish jarayonida ekspert bo‗limi rahbariyati quyidagilarga



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

Ekspertizani o‗tkazish jarayonida ekspert bo‗limi rahbariyati quyidagilarga 
yo‗l qo‗ymasligi kerak: 
1. Umumiy axborot vositalari tomonidan DEEni borishining bir tomonlama 
yoki tendensiyali yoritilishiga. 
2. Qiziquvchi tomonlar tarafidan ekspertlarni ta‘kib etishga. 
3. DEE ni o‗tkazishning asosiy prinsiplarini buzishga olib keluvchi boshqa 
hatti-harakatlarga yo‗l qo‗ymasligi zarur. 
Ekspertlar ayrim fikr va mulohazalarini yozma ravishda, yakuniy xulosa 
ekspert komissiyasi tomonidan imzolashdan oldin yoki imzolanayotgan paytda


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
285 
imzo oldiga maxsus belgi qo‗yib, topshirilishi kerak. 
Ekspert komissiyasining majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 
Bayonnomada kun tartibiga kiritilgan masalalar va ular yuzasidan bildirilgan fikr 
va mulohazalar ifodalanishi kerak. 
Yakuniy xulosa loyihasini muhokama qilishga ekspert komissiyasi (guruhi) 
dan tashqari, buyurtmachi va loyihani ishlab chiquvchi hamda loyihani amalga 
joriy etadigan manfaatdor tashkilotlar vakillari taklif qilinadi. 
XVIII.7. O‗zbekiston Respublikasi hududida ekologik vaziyatni 
kompleks baholash: 
O‗zbekiston Respublikasi hududidagi ekologik vaziyat
turg‘un bo‗lmay, mintaqalar bo‗yicha farqlanishini va o‗zgarishlarga
beriluvchanligi, bu o‗zgarishlar ko‗p tomondan atrof tabiiy muhitga bo‗layotgan
antropogen ta‘sirga bog‘liqligini hisobga olib, monitoring ma‘lumotlari asosida 
atrof tabiiy muhitni kompleks baholash zarurati vujudga keladi. 
Bunday baholashga, yondashuvlardan biri–Davlat tabiatni muhofaza qilish 
qo‗mitasi tomonidan (1998 yilda) ishlab chiqilgan O‗zbekiston Respublikasi 
hududini ekologik rayonlashtirish– kompleks ekologik baholashni o‗tkazish 
uslubiyatidan foydalanish hisoblanadi. Uslubiyatga muvofiq har bir hududiy 
birlikni baholash uchun atrof tabiiy muhit holatini, aholi yashash sharoitlarini,
asosiy tabiiy resurslardan foydalanish xususiyatlarini baholash imkonini 
beradigan asosiy indikatorlar minimal ehtimoliy to‗plami qo‗llaniladi. Bunda 
asosiy talab–barcha ekologik indikatorlar bo‗yicha kuzatuvlar butun mamlakat 
hududida yagona tizim bo‗yicha tizimli amalga oshirilishi shart. 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin