Toshkent 2020 yil


 -zonasi – ekologik kulfat (halokatlar) zonasi



Yüklə 8,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə300/452
tarix28.11.2023
ölçüsü8,64 Mb.
#168408
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   452
EKOLOGIYA. Дарслик.2020.Muftaydinov

3 -zonasi
– ekologik kulfat (halokatlar) zonasi. 
Qulay ekologik vaziyatli zona
deb,
 
1, 2 va 3-ekologik zonalarga kirmagan
ma‘muriy tuman hududi (respublika yoki viloyatga bo‗yso‗ngan shaharlar) 
qayd qilinadi. 
Ekologik me‘yorlar keskin oshgan, lekin favqulodda tusga ega bo‗lmagan 
tabiiy ekologik tizimlar tuzilmasining buzilishi, ular ekologik hajmining 
pasayishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi o‗sishi qayd qilingan ma‘muriy tuman 
hududi (respublika yoki viloyatga bo‗yso‗ngan shaharlar)
kritik ekologik
vaziyatli zona 
deb
 
tan olinadi.
 
Ishlab chiqarish kuchlarining taraqqiyoti biosferaning resurslar -iqtisodiy
imkoniyatlariga muvofiq bo‗lmagan va tabiiy resurslar tanazzulga uchrashi bilan 
ifodalanadigan tang, lekin tiklash imkoni bo‗lgan ekotizim holati kuzatiladigan 
ma‘muriy tuman hududi (respublika yoki viloyatga bo‗yso‗ngan shaharlar)
 
favqulodda ekologik vaziyatli zona 
deb qayd qilinadi.
 
 
Tabiiy muhit sifati qaytarib bo‗lmas darajada o‗zgargan, ekotizim
buzilishi kuzatiladigan ma‘muriy tuman hududi (respublika yoki viloyatga 
bo‗yso‗ngan shaharlar) 
ekologik kulfat (falokatlar) zonasi 
deb tan olinadi.
 
Tanlangan indikatorlar bo‗yicha materiallarni umumlashtirish mintaqalar 
bo‗yicha ekologik vaziyatni baholash imkonini berdi va bunig natijalari quyida 
keltirilgan. 
Ekologik vaziyatni kompleks baholash ma‘lumotlarining ko‗rsatishicha, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini qamrab olgan Orolbo‗yida 
eng tang ekologik vaziyat vujudga kelgan. 
Orolbo‗yi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni, aholining 
yashash sharoitlarini yaxshilash, Orol dengizining ekologik falokati oqibatlarini 
yumshatish bo‗yicha investitsiya loyihalarini o‗z vaqtida va samarali ro‗yobga 
chiqarishga yo‗naltirilgan chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 yanvardagi ―2017-2021 
yillarda Orolbo‗yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi to‗g‘risida‖gi Qarori 
qabul qilindi.
Qabul qilingan qaror bilan Orolbo‗yi mintaqasi aholisining turmush 
sharoitlari va sifatini yaxshilashga yo‗naltirilgan ―2017-2021 yillarda Orolbo‗yi 
mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi‖ tasdiqlandi.
Orolbo‗yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturining umumiy byudjeti 810,4 
trln. so‗mni tashkil etadi. 


Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
287 
Shuningdek, hududlarni kompleks rivojlantirish va aholi turmush darajasini 
yuksaltirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 
yil 17 yanvardagi ―Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini ijtimoiy–iqtisodiy 
rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‗shimcha 
chora–tadbirlar dasturi to‗g‘risida‖gi VMQ 15-sonli qarori qabul qilindi. Qarorga 
muvofiq dasturni amalga oshirish uchun 2017-2021 yillarda 124 mln.doll. hamda 
321,7 mlrd. so‗m sarflanishi ko‗zda tutilgan
79

Qoraqalpog‘iston Respublikasida qulay ekologik vaziyatli zonalar umuman 
yo‗q. Kritik ekologik vaziyatli zonada 22 ma‘muriy tumandan atigi ikkitasi 
(Bozatsu va Shumanay tumanlari) joylashgan, bu erda respublika aholisining atigi 
4 foizi yashaydi, bitta tuman- 27,8 ming kishi yashaydigan Mo‗ynoq ekologik 
kulfat (falokatlar) zonasiga kiritilgan.
Qolgan hudud favqulodda ekologik vaziyatli zonada joylashgan (quyidagi 
XVIII.7.1-jadvalga qarang). 

Yüklə 8,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   296   297   298   299   300   301   302   303   ...   452




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin