Sanoat ishlab chiqarishining samaradorligini aniqlash uchun Barqaror
rivojlanish bo'yicha Butunjahon ishbilarmonlar kengashi ekologik samaradorlik
kontseptsiyasini kiritdi
14
. Odamlarning ehtiyojlari va hayot sifatini qondiradigan
hamda atrof-muhitga va tabiiy resurslardan foydalanishga zararli ta'sirini butun
hayot davomida, hech bo'lmaganda Yerning assimilyatsiya qilish qobiliyatiga mos
keladigan darajada kamaytiradigan raqobatdosh tovarlar va xizmatlar ishlab
chiqarishda ekologik samaraga erishiladi.
Ekologik samaradorlik quyidagilarga yordam berishi kerak: - maxsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatishda ishlatiladigan xom-ashyo miqdorini kamaytirish; - maxsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatishda energiya xarajatlaridan foydalanish darajasini pasaytirish; - tasodifiy hosil bo'lgan (ishlatilmagan) mahsulotlar va zaharli chiqindilar miqdorini kamaytirish; - qayta tiklanadigan tabiiy resurslardan maksimal darajada foydalanish; - maxsulot va xizmatlardan foydalanish muddatini uzaytirish; - maxsulot va xizmatlardan foydalanish intensivligi va vaqtini oshirish. _____________________________________________________________
O‗z bilimini tekshirish uchun savollar. 1. Qanday hayot muhitlarini bilasiz? 2. Qanday ekologik omillarni bilasiz? 3. Cheklovchi omillar nima? 4. Fotoeriodizm nima? 5. Suv ekologik omiliga nisbatan o‗simliklar va hayvonlar qanday ekologik guruhlarga bo‗linadi? 6.