Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
54
qoldiradi. Qanchalik ko‗p yalpi milliy mahsulot ishlab chiqilsa, shunchalik
chiqindilarning umumiy hajmi ko‗p bo‗lishi barchamizga ma‘lum. Lekin, Davlat
ushbu chiqindilarning atrof – muhitni ifloslashi
tufayli aholi salomatligini
yomonlashuvining oldini oladi va ularning
sog‘ligini
tiklash maqsadida qayg‘uradi va
buning uchun ma‘lum mablag‘ ajratadi. Bu sarf-xarajatlar yalpi milliy mahsulot
hisobidan amalga oshiriladi. Biroq, atrof muhit ifloslanishining qiymati hisob-
kitob qilinmaydi. Yangi qurilib ishga tushirilgan korxona uning raxbariga yiliga
ma‘lum daromad keltiradi, lekin korxona atrof-muhitga turli chiqindilarni chiqarib
havo, suv tuproqni bulg‘aydi, qishloq xo‗jalik ekinlari hamda yaylovlarga ziyon
etkazadi, aholi sog‘ligi yomonlashadi. Korxonaning to‗lagan arzimagan solig‘i
e‘tiborga
olinmasa, uning etkazgan zarari etarli darajada ko‗p, uning bir yillik
qiymati hisoblansa yillik daromadga etib qoladi, ba‘zi hollarda undan xam ziyod
bo‗lishi mumkin. Gap shundaki, korxonaning atrof- muhitga etkazgan ziyoni ob‘ektiv
hisob-kitob qilinmaydi. Shuning uchun ham joylarda ekologik vaziyat
murakkablashib bormoqda.
Iqtisodiyotning ekologiyaga ta‘siri ma‘lum, lekin ekologiyaning iqtisodiyotga
ta‘siri ancha murakkab kechadi. Bu ko‗pincha tabiatning jamiyatga aks ta‘siri
bilan tushuntiriladi. Hududlarning tabiiy resurslari xo‗jasizlarcha foydalanganda
qashshoqlashadi, degradatsiyalashuv kuchayadi, boyliklarning miqdor o‗zgarishlari
–sifat o‗zgarishlariga olib keladi. Bu ekologik va iqtisodiy o‗zgarishlar hududning
iqtisodiy potentsialini kambag‘allashtiradi, eng muhimi
ijtimoiy-iqtisodiy ahvol
og‘irlashadi, resurslar mahsuldorligining keskin pasayib ketishi sug‘orma
dehqonchilik va yaylov chorvachiligining izdan chiqishiga sabab bo‗ladi, sanoat
korxonalarining sifatli xom ashyolar bilan ta‘minlanishi buziladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida Orol dengizi sathining 1961 yildan boshlab
tushib borishi, Amudaryo havzasida suv tanqisligining jiddiylashuvi va sifatining
yomonlashuvi, delьta to‗qayzorlarini suv bilan muntazam ta‘minlashning izdan
chiqishi, tuproqda ko‗plab tuzlar to‗planishi va boshqa nomaqul hodisalar ushbu
hududda antropogen cho‗llashishining rivojlanishiga sabab bo‗lmoqda. Cho‗llashish
odatda cho‗l sharoitida biologik mahsuldorlikning keskin kamayib ketishi bilan bog‘liq.
Xaqiqatdan xam hududda, yaylov, sug‘orma yerlar, suv havzalarining me‘yordagi
biologik mahsuldorligi 60-yillardan boshlab keskin tanazzulga uchramoqda. Bu o‗z
navbatida iqtisodiy samaradorlikning eng quyi ko‗rsatkichlargacha tushib ketishiga olib
kelmoqda. Boz ustiga Orol dengizining qurigan qismidan shamol ta‘sirida tuz
kukunlarining beto‗xtov yog‘ilib turishi (xar gektar maydonga 100-1000 kg),
Amudaryo suvi orqali tuzlarning dalalarga yotqizilishi (xar gektar maydonga 9-24 t
gacha),
suv tanqisligi, aholining ichimlik suvi bilan ta‘minlash darajasining kamligi,
turli kasalliklarning keng tarqalganligi va boshqalar tabiatning jamiyatdan ―o‗ch‖
olayotganini bildiradi. Chunki, Orol dengizi va Orol bo‗yida ming yillar davomida
barqaror bo‗lgan ekologik muvozanat buzilgan. Buning oqibatida endilikda tabiat
maromi ishdan chiqqanligi tufayli uning resurslari xam degradatsiyaga berildi, avvalgi
qulay ekologik vaziyat, hozirda jiddiy va tang ahvoldagi hududlar (Mo‗ynoq tumani)
da falokatli vaziyatlar bilan almashdi. Bu nohush tabiiy-antropogen hodisa hudud
Q.X.Muftaydinov, H.M.Qodirov, E.Yu.Yulchiyеv Ekologiya.
55
iqtisodiy potentsialini ham kambag‘allashtirdi, xar yilgi iqtisodiy zarar hajmi bir necha
yuz million so‗mni tashkil qilmoqda. Buni ekologik
holatning yoki tabiatning
jamiyatdan olayotgan ―O‗chi‖ – deb hisoblash lozim.
Bu hududiy nohush hodisani to‗xtatish va avvalgi boy ekologik resurslarni qayta
tiklash hamda qulay hayotiy vaziyatni bunyod etish ancha murakkab masala. Bu
borada amaliy ishlar boshlangan, lekin ularning miqyosi va ko‗lami talabga to‗la javob
bermaydi. Chunki, muammo keng qamrovli, majmuali, yirik hududni qamrab olgan.
Bu esa shunga yarasha tizimli tahlil yondashuvidan foydalanishni taqazo etadi. Bir
necha maxsus bosqichlar davomida ko‗p yillarga (2030 yil) mo‗ljallangan chet-el
sarmoyasi asosida majmuali aniq tadbirlar amalga oshirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: