1) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining boshliqlari va xodimlari, konsullik muassasalarining mansabdor shaxslari, ularning o’zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lmasa – O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog’liq bo’lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo’yicha;
2)chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ma’muriy-texnik xodimlari hamda ularning o’zlari bilan birga yashaydigan oila a’zolari, agar ular O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmasa yoki O’zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, – O’zbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan, diplomatlik va konsullik xizmati bilan bog’liq bo’lmagan daromadlaridan tashqari barcha daromadlari bo’yicha;
3)chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga, konsullik muassasalariga xizmat ko’rsatadigan xodimlar tarkibiga kirgan shaxslar, agar ular O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bo’lmasa yoki O’zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa – o’z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo’yicha;
4) chet davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining uylarida ishlovchilar, agar ular O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lmasa yoki O’zbekiston Respublikasida doimiy yashamasa – o’z xizmati yuzasidan oladigan barcha daromadlari bo’yicha;
5) xalqaro nohukumat tashkilotlarining mansabdor shaxslari – agar ular O’zbekiston Respublikasining fuqarosi bo’lmasa, ularning ushbu tashkilotlarda olgan daromadlari bo’yicha.
Quyidagi soliq to’lovchilar qisman (daromadlar qaysi oyda olingan bo’lsa, o’sha oyda har bir oy uchun mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori (822 000 so’m)ning 1,41 baravari miqdoridagi daromadlar bo’yicha) soliq solishdan ozod etiladi: