Soliq Kodeksining 397-moddasida belgilangan tartibda jami yillik daromadi to’g’risidagi deklaratsiya asosida to’lashni tanlashga haqli. (Soliq to’lovchilar jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etadi)
Soliq hisobotini taqdim etish tartibi va muddatlari
1) soliq davri tugaganidan keyin o’ttiz kun ichida – soliq organlariga to’lov manbaidan soliq solinmagan moddiy naf tarzida daromadlar olgan jismoniy shaxslar to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakldagi ma’lumotnomani;
2) har oyda, hisobot davridan keyingi oyning o’n beshinchi kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa – yillik moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatida.
To’lov manbaida hisoblab chiqarilgan soliq summasi soliq to’lovchiga daromadlarni to’lash bilan bir vaqtda, lekin soliq hisobotini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq agenti tomonidan to’lanadi.
Daromadlar natura shaklida amalga oshirilganda soliq natura tarzidagi to’lov amalga oshirilgan oy tugaganidan keyin besh kun ichida to’lanadi.
Soliqni hisoblash va to’lash tartibi.
Jami yilik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida daromadlarga soliq solish.
Jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiya soliq to’lovchining olingan yillik daromadi to’g’risidagi yozma arizasidan iborat bo’ladi.
Jami yillik daromad to’g’risidagi deklaratsiyaga to’langan daromadlar va ushlab qolingan soliq summalari to’g’risida soliq agentining O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomasi ilova qilinadi.