Якка тартибдаги тадбиркор Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан белгиланган тартибда ходимларни ёллашга ҳақли.
Якка тартибдаги тадбиркор амалдаги қонунчиликка асосан қатъий белгиланган солиқ тўловини амалга оширади.
Қатъий белгиланган солиқ солинадиган фаолият турларининг рўйхати, шунингдек фаолиятнинг мазкур турларини тавсифловчи физик кўрсаткичлар қонун ҳужжатлари билан белгиланади.
Қатъий белгиланган солиқ суммаси солиқ тўловчининг календарь ойида ишлаган кунлари сонидан қатъи назар, солиқ солинадиган база ва белгиланган ставкадан келиб чиққан ҳолда аниқланади.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadlariga soliq solish.
Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to’lash xohishini bildirgan soliq to’lovchilar daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarida daromadlarni olish bilan bog’liq bo’lgan daromadlar va xarajatlar hisobini yuritishi shart.
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlari quyidagilardir:
1) Yakka tartibdagi tadbirkorning (oilaviy tadbirkorlik sub’ektining) daromadlarini va xarajatlarini hisobga olish kitobi;
2) Tovar cheklari kitobi.
Daromadlarni va xarajatlarni hisobga olish registrlarining shakli O’zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to’lash xohishini bildirgan soliq to’lovchi soliqni har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning o’n beshinchi sanasidan kechiktirmay, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to’laydi.
Qat’iy belgilangan miqdorda soliq to’lash xohishini bildirgan soliq to’lovchi soliqni har oyda, tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilgan oyning o’n beshinchi sanasidan kechiktirmay, qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda to’laydi.