Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadlariga soliq solish. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadlariga soliq stavkalari (2021 Yil uchun)
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadlariga soliq
Kalendar yilida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln. so‘mdan oshmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar daromad solig‘ini ikki xil usulda:
1) har oyda qat’iy belgilangan miqdorlardagi soliqni to‘lashi;
2) tadbirkorlik faoliyatidan olingan haqiqiy daromadi bo‘yicha ushbu daromadlarni olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini chegirib tashlagan holda doimiy yashash joyidagi davlat soliq inspeksiyasiga deklaratsiya topshirish yo‘li bilan daromad solig‘ini to‘lashi mumkin.
Soliq to’lovchi qat’iy belgilangan miqdorda soliq to’lashni u tadbirkorlik sub’ekti sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan oydan yoki yakka tartibdagi tadbirkor yoxud oilaviy tadbirkorlik sub’ekti bilan mehnat shartnomasi tuzilgan oydan keyingi oydan e’tiboran amalga oshiradi.
Bir nechta faoliyat turi bilan shug’ullanayotgan soliq to’lovchilar har bir faoliyat turi bo’yicha qat’iy belgilangan miqdorda soliqni alohida, shu faoliyat turi uchun belgilangan miqdorda to’laydi.