Rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar (372-modda)
Yilik ish yakunlari bo’yicha pul mukofoti.
Kasb mahorati, murabbiylik uchun ta’rif stavkalariga va maoshlarga ustamalar.
Ta’tilga qo’shimcha haqlar.
Ko’p yillik ishlaganlik uchun pul mukofoti.
Ratsionalizatorlik taklifi uchun to’lov.
Mehnat natijalari bilan bog’liq bo’lmagan bir yo’la beriladigan mukofotlar.
Kompensatsiya to’lovlari(373-modda)
1) tabiiy-iqlim sharoitlari noqulay bo’lgan joylardagi ishlar bilan bog’liq qo’shimcha to’lovlar (ish staji uchun ustamalar, baland tog’li, cho’l va suvsiz hududlarda ishlaganlik uchun belgilangan koeffitsientlar bo’yicha to’lovlar). Mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining 1,41 baravari miqdorida belgilanadi;
2) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar ro’yxati bo’yicha og’ir, zararli, o’ta zararli mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun ustamalar, shu jumladan shunday sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ish haqiga ustamalar;
3) texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif stavkalariga hamda maoshlarga ustamalar va qo’shimcha to’lovlar;
4) ko’p smenali rejimda ishlaganlik, shuningdek bir necha kasbda, lavozimda ishlaganlik, xizmat ko’rsatish doirasi kengayganligi, bajariladigan ishlar hajmi ortganligi, o’zining asosiy ishi bilan bir qatorda ishda vaqtincha bo’lmagan xodimlarning vazifalarini bajarganlik uchun ustamalar;
5) doimiy ishi yo’lda kechadigan, harakatlanish va qatnov tusiga ega bo’lgan xodimlarning, shuningdek doimiy ishi ishlarning vaxta usulida bajarilishini nazarda tutadigan xodimlarning ish haqiga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to’lanadigan ustamalar;