2. Innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari.
Bozor iqtisodiyotida innovatsiyalarni tizimli taqdim etish uslubiyoti xalqaro standartlarga asoslangan, va ularga muvofiq innovatsiya deganda, bozorga kirib kelgan yangi yoki takomillashtirilgan mahsu¬lot, amaliyotda qo’llanilayotgan yangi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayon yoki ijtimoiy xizmatlarga bo’lgan yangicha yondashuv ko’rinishidagi innovatsiyaviy faoliyat natijasi tushuniladi.
Ushbu muammo bo’yicha ko’p sonli tadqiqotlar amalga oshirilgan bo’lishiga qaramasdan, bugungi kunda innovatsiyaviy faoliyat sohasida yagona, umumiy tarzda qabul qilingan terminologiya mavjud emas. Shuning uchun ham adabiyotlarni qisqacha tahlilini keltirish va innova¬tsiyaviy faoliyat sohasidagi asosiy tushunchalarni aniqlashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
3. “Innovatsion iqtisodiyot” fanining bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ziga ahamiyati
Innovatsiyaviy asosga ega bo’lgan iqtisodiy rivojlanish masalasini yechish jarayonida, sanoat korxonalarini innovatsiyaviy maqsadlar tizimini ifodalashi lozim. Bu ayniqsa, o’z rivojlanishining faol strategiyasini amalga oshirayotgan sanoat korxonalar uchun muhimdir.
Bunday strategiyani sanoat korxonalarida amalga oshirish umumiy ko’rinishi bir nechta omillarga bog’liq bo’lib, ularning mazmuni va yo’nalishi quyidagilar bilan belgilanadi:
- oldinroq qaror topgan ishlab chiqarishni rivojlanish daraja¬si;
- boshqaruv mexanizmi va tizimining ahvoli;
- iqtisodiy obyektning moddiy-texnik salohiyati darajasi;
- tashkiliy tuzilmalarning turi va yo’nalishi;
- o’zgarishlarga ehtiyoj sezish va xodimlarning ularga tayyorligi.
Innovatsiyaviy jarayonni boshqarish zaruriyati va imkoniyatlarini aniqlash, uni amalga oshirish sharoitlarini ifodalash imkonini be¬radi. Bularga birinchi navbatda turli xil ehtiyojlar kiradi. Ularni ichki va tashqi muhit ehtiyojlari, shaxsiy ehtiyojlarga ajratish mum¬kin.
Birinchi guruhni biror tovar ishlab chiqaruvchi uchun bo’lgan mak-rodaraja ehtiyojlari shakllantiradi. Ular mazkur mahsulot bozorining shakllanishi va faoliyati xususiyatlari, raqobatdoshlar, etkazib beruvchilar va iste’molchilar hatti-harakati, ushbu soha yoki tarmoqdagi davlat siyosati, umumjahon bozor tendentsiyalari va hokazolar bilan aniqlanadi.
Ikkinchi guruh, sanoat korxonasini moliyaviy-xo’jalik faoliyatining turli jihatlarini, umumxo’jalik siyosatining istiqboli va tendentsiyalarini, ilmiy-texnik va resurs salohiyatini aks ettiruvchi korxona ehtiyojlaridan tashkil topgan bo’ladi.
Va nihoyat, uchinchi guruh, murakkab tizim sifatidagi sanoat korxonalarida innovatsiya¬viy jarayonning rivojlanishini ta’minlovchi, ichki ehtiyojlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Bu erda innovatsiyaviy jarayon ayrim elementlarining (tashkiliy, texnik, texnologik, kadr va hokazo) holati va o’zaro aloqalarini ko’rib chiqish lozim.
Ko’rsatilgan omillarni hisobga olgan holda, sanoat korxonalarida innovatsiyaviy jarayonlarni boshqarishning samarali tizimini yaratish, zaruriy nazariy ishlanmalar mavjudligini talab qiladi. Bu erda, tegishli tushunchalarni ta’riflash zaruriyati muammosi alohida turadi. Uning tarkibiga umumiy boshqaruv usul, uslub va vositalari bilan bir qatorda, faqatgina innovatsiyaviy boshqaruv tizimida samarali bo’lgan o’ziga xos elementlar ham kirishi lozim. Innovatsiyaviy boshqaruv ta’minotining uslubiy muammolarini hal etish, undan samarali foydalanish shartlaridan biri hisoblanadi.
Sanoat korxonalarida yangi mahsulotlarning o’ziga xosligini tadqiq etgan holda, inno¬vatsiyaviy faoliyatni boshqarishni tashkil etish bo’yicha bir qator cheklashlarni ifodalash mumkin:
- ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanishini tashkil etishning universal shaklini barpo etishni murakkabliligi;
- innovatsiyaviy va kundalik ishlab chiqarish jarayonining sifat
farqi;
- innovatsiyaviy jarayonning turli bosqichlarida turli xil
boshqaruv tizimlarini qo’llash zaruriyati;
- bozor ehtiyojlariga adekvat javob qaytaradigan, innovatsiyaviy
faoliyatni boshqarishning egiluvchan tizimini barpo etish zaruriyati.
Shunday qilib, iqtisodiy tizimlarda innovatsiya boshqaruvining samarali tashkil etilishi, uni uzoq muddatli, raqobatdosh rivojlanishining asosiy shartlaridan biriga aylanib qoladi. Shu munosabat bilan, innovatsiyaviy boshqaruv sohasidagi yig’ilgan jahon tajribasini milliy xususiyatlarga moslashtirgan holda foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Innovatsion faoliyatni rivojlantirish infratuzilmasining asosiy tamoyillarini shakllantirishda milliy iqtisodiyot talablari va imkoniyatlariga mosligini, moslashuvchanlik holati, xalqaro iqtisodiyotda raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qilishi lozim. Bunda milliy innovatsion tizimning bir segmenti sifatida funksional-to‘laqonli innovatsion tuzilma yaratish zarurhisoblanadi (4.1-rasm).
Texnik jihozlanish kadrlar tarkibi bo‘yicha raqobatbardosh ilmiy texnik mahsulot va texnologiyalar ishlab chiqish va tijoratlashtirish, ularni ichki va tashqi bozorlarda amalga oshirishni ta’minlay oladigan, innovatsion sohaning amaldagi va sifat jihatidan yangi sub’ektlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilishi zarur.
Innovatsion tadbirkorlik infratuzilmasi alohida bo‘lib o‘tadigan va innovatsion deb nomlangan turga moslashib oladigan tadbirkorlikni ta’minlovchi tizimni ifodalaydi. U innovatsion sohaning tadqiqotchilik-loyihalash sektorini iqtisodiyotning real sektori va yakuni iste’molchi bilan birlashtiradi
Hozirgi kunda mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasidir. Bugungi kunda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o’sish suratlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish, turmush farovonligini yaxshilash masalalarini hal etishda ham yetakchi o’rin tutmoqda.
Prezidentimiz, SH.M. Mirziyoyev ta`kidlaganlaridek, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishdir.1
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
Kichik biznes va tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor vazifa etib belgilandi.
2016 yilning keyingi choragida va 2017 yil joriy oylarida kichik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bo’yicha ko’plab me’yoriy-huquqiy hujjatlar amaliyotga joriy etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5- oktyabrdagi PF-4848-sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi farmoniga asosan, tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasida, tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishlarni qisqartirish va ularning faoliyatiga asossiz aralashishning oldini olish sohasida, tadbirkorlik sub’ektlarining javobgarligini yanada liberallashtirish sohasida, moliyaviy hamda soliqqa tortish tizimi va bojxona ishini takomillashtirish sohasida, tadbirkorlarning sud orqali himoya qilinishini kuchaytirish, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash, investitsiyaviy jozibadorligini va respublikaning xalqaro reytingini oshirish sohasida o’zgartirishlar va imtiyozlar berildi.Ushbu farmonga asosan, 2017 yil 3- yanvarda “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni (O’RQ-419-son) qabul qilindi.
Undan tashqari, Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 07- iyundagi “Har bir oila tadbirkor” dasturini amalga oshirish to`g`risidagi Qarori, 2018 yil 27- iyundagi “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to`g`risidagi 27.06.2018 yil Farmoni va hukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan va amalda qo‘llanilayotgan qaror hamda farmoyishlar qilinayotgan ishlarning amaliy davomi sifatida e’tirof etishimish mumkin.
3. Beznesda tadbirkorlikning o‘rni.
Ishlab chiqarish tadbirkorligi. Ishlab chiqarish tadbirkorligini tadbirkorlik faoliyatining asosiy tun desak xato bo'lmaydi. Zero, bunday tadbirkorlik faoliyati tufayli mahsulot, tovariar ishlab chiqariladi, xizmat ko'rsatiladi, ma’lum ma’naviy qadriyatlar yuzaga keladi.
O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga 0-tishning dastlabki yillarida tijorat tadbirkorligi yaxshi rivojlandi. Tadbirkorlik faoliyatining bu turi tovar va xizmatlarni sotib olish hamda sotish jarayonlarini amalga oshirish bilan ta’riflanadi, chunki bu sohada qisqa vaqtda daromad olish mumkin. Agar ishlab chiqarish korxona samaradorligining 10-12 %ini tashkil etsa, tijorat faoliyati esa bu ko'rsatkichni yana 20-30 %ga oshiradi.
Moliyaviy tadbirkorlik tadbirkorlik sohasining alohida olingan turiga kiradi. Uning faoliyat sohasi qiymatlarning almashinishi va almashtirilishidan iborat. Moliyaviy faoliyat ishlab chiqarish, tijorat sohasini ham qamrab olishi mumkin. Shuningdek, moliyaviy tadbirkorlik mustaqil bank va sug'urta muassasalari shaklida ham faoliyat yuritadi.
Moliyaviy bitim tadbirkorlik faoliyatining ilgarigi turlariga nisbatan kamroq samara beradi. Bu ko'rsatkich 5-10%ni tashkil etadi. Keyingi vaqtda O'zbekistonda tadbirkorlik faoliyatining konsalting (maslahat) turi rivojlanmo qda. Bu tadbirkorlik turi ko'p yo'nalishlardan iborat bo'lib, kelajakda yaxshi rivojlanib ketishiga jahon iqtisodiyoti taraqqiyoti guvohlik beradi.
Ishlab chiqarish tadbirkorligining mohiyati. Tadbirkor lik faoliyati turiari nisbatan mustaqil bo'lib, bir-birini to'ldirib keladi. Tadbirkorlik faoliyatining barcha turlarini belgilab beruvchi ishlab chiqarish tadbirkorligining ustuvorligini tan olish kerak.
Innovation, ilmiy-texnik faoliyat, tovarlarni bevosita ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish va shu sohadagi axborot bilan ishlash faoliyati ishlab chiqarish tadbirkorligiga kiradi. Ishlab chiqarish bilan shug ullanmo qchi bo'lgan har bir ishbilarmon tadbirkorlik faoliyatining qaysi turi bilan shug'ullanishi, qanday mahsulot ishlab chiqarishi, qanday xizmat ko'rsatishini oldindan belgilab olishi lozim. Shu ish amalga oshgandan keyin tadbirkor marketing bilan shug ullanadi. U tovarga talabni bilish maqsadida tovarning potenuial iste’molchilari, xaridorlari, ulgurji va chakana savdo bilan shug ullanuvchi tashkilotlar bilan aloqa qiladi.
Muzokaralar ishbilarmon va bo'lajak xaridorlar o'rtasida shartnoma tuzilishi bilan yakunlanadi. Tuzilgan shartnoma tadbirkorlikdagi tavakkalchilikning oldini olish imkonini beradi.
Shu ishlar amalga oshmasa, tadbirkor faqat og'zaki va’dalar asosida ishlab chiqarish faoliyatini boshlaydi. Barqaror bozor sharoitida rivojlangan mamlakatlarda og zaki kelishuvlar ishonchli kafolat boMib, zarur hollarda shartnoma, bitim shaklida rasmiylashtiriladi. Biroq mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti endi shakllanayotgan davrda og zaki bitimlarning kafolati past va tavakkalchilik kuchlidir.
Tadbirkorlik faoliyatining keyingi bosqichi ishlab chiqarish omillarinisotibolishyokiijaragaolishdir.
Ishlab chiqarish omillari. Ma’lumki, ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish fondlari, ishchi kuchi, axborotdan iborat. Ishlab chiqarish fondlari o'z navbatida asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga bo'linadi.
Asosiy ishlab chiqarish fondlari (mehnat qurollari) inshootlar, uzatuvchi moslamalar, quwatli mashina va jihozlar, ishchi mashina va jihozlar, o'lchov uskunalari, laboratoriya jihozlari, hisoblash texnikasi, transport vositalari, ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asbob-uskunalardan iborat. Asosiy ishlab chiqarish fondlariga sex zavod va laboratoriya binolari kiradi.
Korxona hududi atrofidagi devorlar, ko'priklar, neft quduqlari, кo-mir koni qatlamlari va shunga o'xshash boshqa qurilmalar inshoot jumlasiga kiradi. Uzatuvchi moslamalarga quwatli kabellar, elektr uzatkich liniyalari, turli uzatkich quvurlari, neftb va gaz uzatkich quvurlari kiradi. Quwatli mashinalarga turli dvigatellar, turbinalar, bug' qozonlari va boshqalar kiradi. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining muhim dementi ishchi mashina va uskunalar hisoblanadi. Ularga yordamchi uexlarning barcha texnologik moslamalari, mashina va uskunalari kiradi. Asosiy fondlarning bu qismi shartli ravishda aktiv qismi deb hisoblanadi, chunki shu mashina va uskunalarda mahsulotlarning asosiy qismi tayyorlanadi. Transport vositalari tarkibiga avtomobil, temir yo'l, havo yo'llari va boshqa transporting barcha turiari kiradi.
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini (mehnat predmetlari) xomashyo, asosiy va yordamchi materially yonilg i va energetik resurslar, idish va idish moslamalar, chidamsiz va qisqa muddatda ishlatiladigan asboblar va ishlab chiqarish moslamalari, ta’mirlash uchun zarur ehtiyot va butlash qismlari tashkil etadi. Sotib olinadigan butlash moslamalar, yarim tayyor mahsulotlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, o'zi tayyorlagan yarim tayyor mahsulot, kelajakdaagi xarajatlar ham aylanma ishlab chiqarish fondlarini tashkil etadi.
Dostları ilə paylaş: |