Тошкент-2023 1 fotiha 1}


} Kechasiyu kunduzi mollarini nafaqa qiladiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yo‘q va ular xafa ham bo‘lmaydilar. 275}



Yüklə 61,23 Kb.
səhifə21/21
tarix17.08.2023
ölçüsü61,23 Kb.
#139621
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
1-2

} Kechasiyu kunduzi mollarini nafaqa qiladiganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yo‘q va ular xafa ham bo‘lmaydilar.
275} Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib jinni bo‘lgan kishidek dovdirab turarlar. Bunday bo‘lishi ularning, tijorat ham riboga o‘xshash-da, deganlari uchundir. Va holbuki, Alloh tijoratni halol, riboni harom qilgan. Kimki Robbidan mav’iza kelganda to‘xtasa, avval o‘tgani o‘ziga va uning ishi Allohning O‘ziga havola. Kimki yana (riboga) qaytsa, ana o‘shalar do‘zax egalaridir. Ular unda abadiy qoladilar.
276} Alloh riboni doimo nuqsonga uchratadi va sadaqalarni ziyoda qiladi. Va Alloh har bir kofir, gunohkorni xush ko‘rmaydi.
277} Albatta, iymon keltirgan, yaxshi amallarni qilgan, namozni qoim qilib, zakot berganlarning ajrlari Robbilari huzuridadir. Ularga xavf yo‘q va ular xafa ham bo‘lmaydilar.
278} Ey iymon keltirganlar! Agar mo‘min bo‘lsangiz, Allohga taqvo qiling va riboning sarqitini ham tark qiling.
279} Agar undoq qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan bo‘ladigan urushga ishonavering. Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz o‘zingizga, zulm qilmassiz va sizga ham zulm qilinmaydi.
280} Agar nochor bo‘lsa, boyiguncha intizor bo‘ling. Sadaqa qilmog‘ingiz, agar bilsangiz, o‘zingiz uchun yaxshidir.
281} Allohga qaytariladigan kuningizdan qo‘rqing. So‘ngra har bir jon qilganiga yarasha to‘liq oladi. Ularga zulm qilinmaydi.
282} Ey iymon keltirganlar! Ma’lum muddatga qarz oldi-berdi qilgan vaqtingizda, uni yozib qo‘ying. Orangizda bir yozuvchi adolat bilan yozsin. Hech bir yozuvchi Alloh bildirganidek qilib yozishdan bosh tortmasin. Bas, yozsin va haq zimmasiga tushgan kishi aytib tursin, Robbiga taqvo qilsin va undan hech narsani kamaytirmasin. Agar haq zimmasiga tushgan kishi esi past, zaif yoki aytib tura olmaydigan bo‘lsa, uning valiysi adolat bilan aytib tursin. Erkaklaringizdan ikki kishini guvoh qiling. Agar ikki er kishi bo‘lmasa, o‘zingiz rozi bo‘ladigan guvohlardan bir er kishi va ikki ayol kishi bo‘lsin. Ikkovi (ayol)dan birortalari adashsa, birlari boshqasining esiga soladi. Va chaqirilgan vaqtda guvohlar bosh tortmasinlar. Kichik bo‘lsa ham, katta bo‘lsa ham, muddatigacha yozishingizni malol olmang. SHundoq qilmog‘ingiz Allohning huzurida adolatliroq, guvohlikka kuchliroq va shubhalanmasligingiz uchun yaqinroqdir. Magar oralaringizda yurib turgan naqd savdo bo‘lsa, yozmasangiz ham, sizga gunoh bo‘lmaydi. Oldi-sotdi qilganingizda, guvoh keltiring va yozuvchi ham, guvoh ham zarar tortmasin. Agar (aksini) qilsangiz, albatta, bu fosiqligingizdir. Allohga taqvo qiling. Va Alloh sizga ilm beradi. Alloh har bir narsani biluvchi zotdir.
283} Agar safarda bo‘lsangiz va yozuvchi topa olmasangiz, bas, qo‘lga olinadigan garov bo‘lsin. Agar ba’zingiz ba’zingizga ishonsangiz, bas, ishonilgan omonatni ado qilsin, Allohga, Robbisiga taqvo qilsin. Guvohlikni berkitmang! Kim uni berkitsa, uning qalbi gunohkordir. Va Alloh qilayotgan amallaringizni biluvchi zotdir.
284} Osmonlaru yerdagi narsalar Allohnikidir. Agar ichingizdagi narsalarni oshkor qilsangiz ham, maxfiy qilsangiz ham, sizlarni Alloh hisob-kitob qiladi. Va kimni xohlasa, mag‘firat qilar, kimni xohlasa, azoblar. Va U har bir narsaga qodirdir.
285} Payg‘ambar unga o‘z Robbidan tushirilgan narsaga iymon keltirdi va mo‘minlar ham. Barcha Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga iymon keltirdi. Uning payg‘ambarlarining birortalarini ajratmaymiz. Va eshitdik va itoat qildik, ey Robbimiz mag‘faratingni so‘raymiz va qaytib borish Sengadir, dedilar.
286} Alloh hech bir jonni toqatidan tashqari narsaga taklif qilmaydi. Foydasi ham kasbidan, zarari ham qilgan kasbidan. Ey Robbimiz, agar unutsak yoki xato qilsak, (iqobga) tutmagin. Ey Robbimiz, bizdan oldingilarga yuklaganga o‘xshash og‘irlikni bizga yuklamagin. Ey Robbimiz, bizga toqatimz yetmaydigan narsani yuklamagin. Bizni afv et, mag‘firat qil va rahm et. Sen hojamizsan. Bas, kofir qavmlarga bizni g‘olib qil.
Yüklə 61,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin