1} Mehribon va rahmli Allohning nomi bilan boshlayman.
2} Hamd olamlarning Robbisi Allohgadir.
3} U Rahmon va Rahimdir.
4} Qiyomat kunining egasidir.
5} Faqat sengagina ibodat qilamiz va sendangina yordam so‘raymiz.
6} Bizlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlagin.
7} O‘zing ne’mat berganlarning yo‘liga (boshlagin), g‘azabga duchor bo‘lganlarning ham, adashganlarning ham yo‘liga emas.
2) BAQARA 1} Alif Lam Mim.
2} Ushbu kitobda shak-shubha yo‘q, u taqvodorlar uchun hidoyatdir.
3} Ular g‘aybga iymon keltiradilar, namozni mukammal ado etadilar va Biz ularga bergan rizqdan nafaqa qiladilar.
4} Va ular senga va sendan oldin nozil qilingan narsaga iymon keltiradilar va oxiratga ham aniq ishonadilar.
5} Ana o‘shalar Robbilaridan bo‘lgan hidoyatdadirlar va ana o‘shalar, o‘shalargina najot topuvchilardir.
6}Haqiqatan, kufr keltirganlarni ogohlantirsang ham, ogohlantirmasang ham baribir, iymon keltirmaydilar.
7} Alloh ularning qalblari va quloqlarini muhrlab qo‘ygan va ko‘zlarida parda bor. Va ularga ulkan azob bordir.
8}Va odamlar orasida, “Allohga va oxirat kuniga iymon keltirdik”, deydiganlari ham bor. Holbuki, ular mo‘min emaslar.
9} Ular Allohni va iymon keltirganlarni aldamoqchi bo‘ladilar. Holbuki, sezmagan hollarida faqatgina o‘zlarini aldaydilar.
10} Ularning qalblarida kasallik bor. Alloh kasalliklarini ziyoda qildi. Va yolg‘on gapirganlari uchun ularga alamli azob bordir.
11}Va qachonki ularga, “yer yuzida fasod qilmanglar”, deb aytilsa, “biz faqatgina isloh qiluvchilarmiz”, deydilar.
12