ῥεῦμα
so‘zidan, «
oqim
» — oqish (tana
bo‘ylab) degan ma’noni bildiradi.
Bu holat kasallikning tez rivojlanib, butun organizm bo‘ylab keng tarqalishi
bilan bog‘liq va u ko‘p a’zo va to‘qimalarni zararlaydi.
1835 yilda J.B. Boyillaud va G.I. Sokolskiylar “Revmatizm bo‘g‘imlarni
yurakni zararlantirganchalik zararlantirmaydi” deb, keyinroq Lasseg “Revmatizm
bo‘g‘imlarni yalaydi, yurakni tishlaydi” deb ko‘rsatganlar. Keyinroq Botkin
tomonidan revmatizmda ko‘pchilik a’zolar – buyrak, teri, asab sistemasi, o‘pka
zararlanishini ko‘rsatilgan, ya’ni revmatizm – polivistseral kasallik.
8
O‘RIning Stollerman tomonidan 1997 yilda taklif etilgan ta’rifiga ko‘ra O‘RI
– bu moyilligi bo‘lgan kishilarda A-guruhdagi streptokokkli faringitning asorati
bo‘lib, streptokokk epitoplariga autoimmun javob va inson organizmidagi teri,
bo‘g‘im, yurak, bosh miya kabi to‘qimalarining o‘xshash epitoplariga kesishgan
reaktivlik rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
Etiologiyasi:
A guruhidagi β-gemolitik streptokokk - RI rivojlanishi bilan yakunlanadigan
zararlanishning eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri.
RI rivojlanishi shartlari – burun-xalqum infektsiyasi va uning etarlicha
samarali davolanmasligi
O‘tkir streptokokkli infektsiya o‘tkazganlarning 0,3-3% RI bilan kasallanadi.
β-gemolitik streptokokk
RI streptokokkli infektsiya natijasida rivojlanishi gipotezasini 1935 yilda
taniqli terapevt, akademik N.D. Strajesko ilgari surgan: «Revmatizm – bu
sezuvchanligi yuqori bo‘lgan organizmdagi sepsisdir. Bunda immunologik
reaktivlikning oshishi muhim rol o‘ynaydi. Agar o‘tkir revmatizm rivojlanishida
streptokokkli infektsiya muhim rol o‘ynasa, revmatizm surunkali kechishga
o‘tishidagi muhim omil – bu yurak miokard va endokard qavatlariga nisbatan
antitanalar hosil bo‘lishining kuchayishidir, bu esa nafaqat yurak zararlanishiga,
balki asoratlar rivojlanishiga ham olib keladi».
|