• diversifikatsiya – mablag‘larni (kapitalni) qo‘yilmalarning turli obyektlari bo‘yicha, foydalanishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimlash jarayoni;
• qo‘shimcha axborotlarga ega bo‘lish;
• limitlashtirish – xarajatlar, sotuv, kredit va sh.k. limitini (chegarasini) o‘rnatish.
Risklarni saqlash zararlarni kompensatsiyalashga yo‘naltirilgan har qanday ta’sirlardan voz kechish yoki noqulay holatlar ro‘y berganda zararlarni qoplashga mo‘ljallangan maxsus rezerv fondlarini tashkil qilish (o‘z-o‘zini sug‘urtalash). Riskka ta’sir etishning oxirgi usuli o‘z-o‘zini sug‘urtalash nomini olgan. Risk saqlanishi holatida amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga yana zararlarni kompensatsiyalash va ishlab chiqarishni tiklash uchun kredit va qarzlar olish, davlat dotatsiyalarini olish va b. kiradi.
Risklarni o‘tkazish bo‘yicha choralarga mavjud daraja saqlangan holda u uchun javobgarlikni uchinchi shaxslarga o‘tkazish tushuniladi. Ularga ma’lum to‘lov asosida riskni sug‘urta kompaniyasiga o‘tkazishni nazarda tutuvchi sug‘urtalash, shuningdek turli xildagi moliyaviy kafolatlar, kafilliklar va b. kiradi. Riskni o‘tkazish, shuningdek ko‘zda tutilmagan holatlar ro‘y berganda o‘z javobgarligini kamaytiruvchi yoki riskni kontragentga o‘tkazuvchi maxsus kelishuvlarni hujjatlar (shartnomalar, savdo bitimlari va b.) matniga kiritib qo‘yish bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Iqtisodiy muhit risklarini pasaytirish uchun turli xildagi usullardan foydalaniladi: