POINTER VA ODDIY O'ZGARUVCHILARNING EGALLAGAN ADRES KATTALIGI Pointerlar istalgan ichki asos tipga (char, int, double ...) yoki qollanuvchi belgilagan tipga (class, struct ...) ko'rsatishi mumkin. Albatta, bu turli tiplar hotirada turlicha yer egallaydilar. char bir bayt bo'lsa, double 8.
Lekin bu tiplarga ko'rsatuvchi pointerlarning kattaligi bir hil 4 bayt. Bu kattalik turli adreslash turlariga qarab o'zgarishi mumkin, lekin bitta sistemada turli tipdagi ko'rsatkichlar bir hil kattalikga egadirlar. Buning sababi shuki, pointerlar faqat hotiraning adresini saqlaydilar. Hozirgi sistemalarda esa 32 bit bilan istalgan adresni aniqlash mumkin. Pointerlar
oz'garuvchining faqat boshlangich baytiga ko'rsatadilar. Masalan, bizda double tipidagi o'zgaruvchi d bor bo'lsin. Va unga ko'rsatuchi pd pointerimiz ham e'lon qilingan bo'lsin. Pointerimiz d o'zgaruvchisining faqat birinchi
baytiga ko'rsatadi. Lekin bizning d o'zgaruvchimizda pointerimiz ko'rsatayotgan birinchi baytidan tashqari yana 7 dona qo'shimcha bayti mavjud.
Mana shunda pointerning tipi o'yinga kiradi. Kompilyator double tipi hotirada qancha joy egallishi bilgani uchun, pointer ko'rsatayotgan adresdan boshlab qancha baytni olishni biladi. Shuning uchun pointerlar hotirada bir hil joy egallasa ham, biz ularga tip beramiz. void * tipidagi pointerni ham e'lon qilish mumkin. Bu pointer tipsizdir. Kompilyator bu pointer bilan * ko'rsatish operatori qo'llanilganda necha bayt joy bilan ishlashni bilmaydi.
Shu sababli bu amal tayqiqlangandir. Lekin biz void * pointerini boshqa tipdagi pointerga keltirishimiz mumkin, va o'sha yangi tip bilan ishlay olamiz.
Masalan:
...
int i = 1024;
int *pi = &i, *iPtr;
void *pv;
pv = (void *) pi;
cout << *pv; // Hato!
iPtr = (int *) pv;
cout << *iPtr; // Ekranda: 1024
...
Tiplarning hotiradagi kattaligini kopsatadigan, bir parametr oladigan sizeof() (sizeof - ning kattaligi) operatori mavjuddir. Uning yordamida tiplarning,
o'zgaruvchilarning yoki massivlarning kattaliklarini aniqlash mumkin. Agar o'zgaruvchi nomi berilsa, () qavslar berilishi shart emas, tip, massiv va pointer nomlari esa () qavslar ichida beriladi. Bir misol beraylik.
// sizeof() operatori