ECO 08 guruh talabasi Abdurahmonov Dalerjonning O’zbekistonning yngi tarixi fanidan tayorlagan ishi
Mavzu:1989 yil farg‘ona voqealari. O‘zbekistonda ijtimoiy inqirozning avj olishi. Reja: 1.Farg`ona voqeasi qurbonlari 2.Islom Karimovning tashabusi 3.Davlat tilining qabul qilinishi
1989-yilning mayida farg‘onada o‘zbeklar va mesxeti turklari o‘rtasida dahshatli qirg‘inga aylangan ommaviy to‘qnashuvlar boshlanib ketdi, butun farg‘ona olov ichida qoldi. Ziddiyat to‘lqini o‘sha kezlar respublika aholisining qariyb yarmi yashayotgan farg‘ona vodiysini butunlay o‘z domiga olishi mumkin edi. Farg‘ona hodisalari payti 100 dan ziyod kishi qurbon bo‘ldi, mingga yaqin inson jarohatlandi.
Qayd etilishicha, ana shunday mushkul pallada islom karimov respublika rahbari etib saylandi. Saylanganidan keyin u zudlik bilan farg‘onaga bordi. Karimovning puxta o‘ylagan siyosati va faol sa’y-harakatlari hamda jarayonda markaz vakillari ham bevosita qatnashishi lozimligi haqidagi qat’iy talablari tufayli qonli ixtilof avj olmasdan to‘xtatib qolindi. Aks holda, butun respublikada beqarorlik yuzaga kelishi mumkin edi. «Islom karimov o‘zbekistonning turli hududlarida alanga olayotgan millatlararo ziddiyatlarni bartaraf etish bo‘yicha dadil va mardonavor chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Shu tariqa u 1990 yil fevral-mart oylarida bo‘ka va parkentda, 1990 yil iyun oyida o‘shda qonli etnik ixtiloflarning oldini oldi. Prezident islom karimov o‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning teng huquqliligini ta’minlash, ham «titul» millat, ham milliy ozchiliklar manfaatlarini himoya qilishga alohida e’tibor qaratdi», deyiladi maqolada.
Birinchi prezident tomonidan islom dinining qayta uyg‘onishi, qolaversa, mamlakatdagi barcha konfessiyalarning erkin faoliyat yuritishiga g‘amxo‘rlik ko‘rsatilgani bu borada ulkan ahamiyat kasb etdi. Barcha diniy konfessiyalar vakillari o‘z e’tiqodiga emin-erkin va to‘siqlarsiz amal qilishlari uchun zarur shart-sharoit yaratildi. Ta’kidlanishicha, milliy va madaniy markazlarning tashkil etilgani o‘zbekiston xalqining birligi va yakdilligini ta’minlagan muhim omillardan biri sanaladi. Toshkentda mamlakatdagi milliy-madaniy markazlarning boshini qovushtirgan markaz ta’sis etildi, 1992-yil yanvarda u respublika baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. O‘sha yillari o‘zbekistonda tatar, nemis, koreys, ozarboyjon, qozoq, yahudiy kabi 54 ta milliy va millatlararo markazlarga asos solindi. Markazlar faoliyati, qolaversa, turli millat va elatlarning o‘z tarixi, adabiyoti, tilini o‘rganish, an’analar, milliy bayram, urf-odat va marosimlarni tiklash va rivojlantirish singari madaniy, ma’naviy va ijtimoiy talablarini qondirish uchun qulay muhit yaratildi.
1989-yil oktyabrda islom karimovning dadil siyosiy qadami mahsuli sifatida «davlat tili haqida»gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun bilan uzoq vaqt ikkinchi darajada bo‘lib kelgan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu hodisa o‘zbek xalqining milliy o‘zlik tuyg‘usi o‘sishida muhim rol o‘ynadi. Qolaversa, bu mustaqillikka erishish yo‘lidagi dastlabki g‘alaba ham edi. Bugun o‘zbekistonda 140 ga yaqin respublika va hududiy miqyosdagi milliy-madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda. 130 dan ziyod millat va elat vakillari tinch-totuv va ahillikda yashab kelmoqda. Ularning etnik madaniyati, an’ana va urf-odatlarini asrab-avaylash va har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratilgan. 16 ta konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Ta’lim muassasalarida 7 tilda saboq berilmoqda, milliy teleradiokompaniya o‘z dasturlarini 12 tilda efirga uzatmoqda, gazeta-jurnallar esa 10 dan ziyod tilda chop etilmoqda.
«Birinchi prezident tomonidan mamlakatimizdagi barcha millat va elatlarga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik – uning boshqa xalqlarga ehtiromi va o‘z ona eliga yuksak farzandlik muhabbatining ifodasidir. Millatidan qat’i nazar, vatandoshlarimizning islom karimovga bo‘lgan chuqur hurmati va mehr-muhabbatining boisi va tarixiy qadr-qimmati ham ana shunda», — deyiladi fond maqolasida.