10 ming misradan ortiq o'zbek, fors-tojik tilidagi g'azal,
muxammas, tuyuq janrlaridagi she'rlar to'plangan devon
yaratilgan.
Maxmur va Gulxaniy
Amir Umarxon davridagi yirik shoirlardan biri Maxmur (asl
ismi Mahmud) XVIII asr oxirida tug'ilib, 1844-yili vafot etgan.
Qo'qondagi Madrasayi Mirda o'qigan, keyin Amir Umarxon
qo'shinida sipohiylik qilgan. Maxmurning hajviy she'rlar
devoni saqlangan bo'lib, unda 69 asr (3717 misra) jamlangan.
Maxmur
Bu davr adabiyotining yana bir
yirik namoyandasi Gulxaniy
(Muhammad Sharif) bo'lgan. U
1770-yilda hozirgi
Tojikistonning Tavildara
tumanida tug'ilgan.
Gulxaniy
Boshlang'ich ta'limni qishlog'ida olgan. Muhtojlik
oqibatida Namanganga kelib mardikorlik qilgan.
Keyinchalik Qo'qonda istiqomat qiladi.
Uvaysiy
Uvaysiy oilasi o'z davrining
ilg'or va ma'rifatli oilalaridan
edi. Otasi ham o'zbek, ham
tojik tilida qalam tebratgan.
Oiladagi muhit Uvaysiyda
ijod qobiliyatini yuzaga
chiqardi. Uvaysiy Navoiy,
Lutfiy, Bobur, Fuzuliy, Hofiz
va Jomiy ijodlarini qunt bilan
o'rgandi.
Uvaysiy
Amir Umarxon Marg'ilon
hokimi bo'lib turgan yillarda
(1806-1807) Uvaysiy el
orasida tanilgan shoira edi.
Undagi shoiralik iste'dodi
Umarxonning xotini Nodirani
o'ziga rom etgan. Umarxon
Qo'qon taxtiga o'tirgach,
Uvaysiy Qo'qonga taklif
etilgan.
Uvaysiyning adabiy merosida 269 g'azal, 29 muxammas,
3 doston va boshqalar bor. Asarlarida insonni e'zozlash,
do'stlik, vafo, sadoqat g'oyalari, el-yurt dardi, xalq hasrati
kuylanadi. Uvaysiy ijodining yuksak badiiyligini uning anor
haqidagi quyidagi she'ri misolida yaqqol ko'rish mumkin:
Bu na gumbazdir, eshigi, tuynigidan yo 'q nishon,