Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon.
Tuynigin ochib, alarning holidan olsam xabar,
Yuzlarida parda tortug'liq tururlar, bag'ri qon.
Mohlaroyim-Nodira
O'zbek shoirasi, ma'rifatparvar
davlat arbobi Mohlaroyim-
Nodira (1792-1842)
Andijonda tug'ilgan. Otasi
Rahmonqulbiy Andijon hokimi
bo'lib, Qo'qon xoni
Olimxonning tog'asi edi.
Umarxon Marg'ilonga hokim
etib tayinlanganidan keyin
Nodiraga uylangan.
Nodira olimlar, xattot va
naqqoshlarni Qo'qonga
to'plagan, ko'p kitoblarni qayta
ko'chirtirgan. Kitob
muqovasining did bilan
ishlanishiga e'tibor beradi.
Yaxshi xattotlarga,
naqqoshlarga tilla qalam,
kumush qalamdon sovg'a
qilgan.
Boborahim Mashrab
Qo'qon xonligida ijod qilgan ulug'
insonlardan biri iste'dodli va
isyonkor shoir Boborahim Mashrab
edi (1640-1711). U Namanganda
tug'ilgan. 7 yoshligida xat-savodi
chiqqan. 15 yoshidan boshlab
tasavvuf ilmini egallay boshlagan.
18 yil davomida dunyoning juda
ko'p mamlakatlarini kezib chiqqan.
Boborahim Mashrab
Mashrab o'z she'rlarida hukmron
tabaqalarining mehnatkash xalqqa
o'tkazgan jabr-zulmlarni,
ochko'zligini ba'zi ruhoniylarning,
eshonlarning avom xalq ruhini
do'zax va oxirat azoblari bilan
dahshatga solayotganligini ayovsiz
fosh etadi. Xalqning og'ir, ayanchli
ahvoliga achinadi. Mashrab bitgan
quyidagi satrlar buning dalilidir.
Dili tig'i sitamdin pora bo'lg'on xalqni ko'rdim,
Tani dard-u alamdan yora bo‘lg'on xalqni ko'rdim.
E‘tiboringiz uchun
rahmat.
Dostları ilə paylaş: |