Bunday algoritmlarda asosan hech qanday shart tekshirilmaydi va jarayonlar tartib bilan ketma-ket bajariladi. 2.Tarmoqlanuvchi algoritmlar. Biror shartning bajarilishi bilan bog`liq ravishda tuziladigan algoritmlar. 3.Takrorlanuvchi (sikl) algoritmlar. Bu algoritmlar deb shunday algoritmlarga aytiladiki, unda bir yoki bir necha amallar ketma-ketligi bir necha marta takrorlanadi.
3. C++ algoritmik tilining imkoniyati. C++ tiliga ko‘plab yangiliklar kiritilgan bo‘lib, tilning imkoniyati yanada kengaytirilgan. C++ dasturlash tili ham boshqa dasturlash tillari kabi o‘z alfavitiga va belgilariga ega. Tillarda mavjud alfavit va leksemalarga quyidagilar kiradi: 1. Katta va kichik lotin alfaviti harflari; 2. Raqamlar - 0,1,2,3,4,5,6,7,8,9; 3. Maxsus belgilar: " {} | [] () + - / % \ ; ' : ? <=>_ ! & ~ # ^ . * Alfavit belgilaridan tilning leksemalari shakllantiriladi: 1.Identifikatorlar; 2.Kalit (xizmatchi yoki zahiralangan) so‘zlar; 3.O‘zgarmaslar; 4.Amallar belgilanishlari; 5.Ajratuvchilar. Bu tillarda tuzilgan dasturlarda izohlar istalgan joyda berilishi mumkin. Ular satriy va blokli ko‘rinishlarda bo’ladi. Satriy izohlar uchun “//”, blokli izohlar uchun “/*”, “*/” belgilari ishlatiladi.
4.Murakkab algoritmlarni dasturlash. Har qanday murakkab algoritmni ham uchta asosiy struktura yordamida tasvirlash mumkin. Bular ketma-ketlik, ayri va takrorlash strukturalaridir. Bu strukturalar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin. Umuman olganda, algoritmlarni shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: chiziqli algoritmlar; tarmoqlanuvchi algoritmlar; takrorlanuvchi yoki siklik algoritmlar;