Bajardi : _________________ Tekshirdi : Azimdjanova M.
Toshkent -2022
Mavzu : С++ algoritmik tilida chiziqli, tarmoqlanuvchi takrorlanuvchi jarayonlarda dasturlash. 4-variant. Reja: 1.Algoritm haqida tushuncha. 2.Algoritmning xossalari va turlari. 3. C++ algoritmik tilining imkoniyati. 4.Murakkab algoritmlarni dasturlash.
1.Algoritm haqida tushuncha. Algoritm so`zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk bobokalonimiz Muxammad al-Xorazmiy nomi bilan uzviy bog`liq bo`lib, uning arifmetikaga bag`ishlangan “Al jabr va al-muqobala” nomli asarining dastlabki betidagi “Dixit Algoritmic” (“Dediki Al Xorazmiy”ning lotincha ifodasi) degan jumlalardan kelib chiqqan. Al-Xorazmiy birinchi bo`lib o`nlik sanoq sistemasining prinsiplarini va unda turli amallar bajarish qoidalarini asoslab berdi. Bu esa hisoblash ishlarini ixchamlashtirish va osonlashtirish imkonini yaratadi. Chunki bu bilan o`sha davrda qo`llanib kelingan rim raqamlari va sonlarni so`z orqali yozib bajarishdagi noqulayliklar bartaraf etildi. Dastlab algoritm deyilganda o`nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida turli arifmetik amallar bajarish qoidalari tushunib kelingan. Al-Xorazmiyning ilmiy asarlari fanga algoritm tushunchasining kiritilishiga sabab bo`ldi. Algoritm deganda biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani yechishga qaratilgan buyruqlarning aniq, tushunarli, chekli hamda to`liq tizimi tushuniladi.