Bu ko’rsatkich kompaniyaning bir so’m sof foydasiga aksionerlar necha so’m
to’lashga roziligini bildiradi. Masalan, «A» kompaniyasida bu ko’rsatkich 10
bo’lib, «B» kompaniyasida 8 bo’lsa, investorlar «A» kompaniyasining investitsiya
sifatini afzalroq baholaydi. Bu ko’rsatkich boshqa kompaniyalarning bir aksiyaga
to’g’ri keladigan foyda dinamikasi va umumiy bozor dinamikasi bo’yicha
baholanadi.
3. Bir aksiyaning balans qiymati (ABQ) quyidagicha aniqlanadi:
ABQ = Aktsionеr kapitalining qiymati – imtiyozli aktsiyalar / Muomaladagi
oddiy aktsiyalar
Bir aksiyaning balans qiymati buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga
binoan bir oddiy aksiyaga to’g’ri keladigan korxonaning
sof aktivlari qiymatini
ko’rsatadi.
4. Bir aksiyaning bozor qiymati bilan balans qiymatining nisbati uning balans
qiymatiga qaraganda bozor qiymati qancha ekanligini ko’rsatadi va u quyidagicha
aniqlanadi:
Bq = Bir aktsiyaning bozor qiymati / Bir aktsiyaning balans qiymati
5. Dividend daromad yoki dividend normasi quyidagicha aniqlanadi:
Dividеnddan daromad ( haq. qiymat mе'yori) = Bir aktsiya bo’yicha dividеnd / bir
aktsiyaning bozor qiymati
6. Aksiyaning daromadliligi (AD) muhim ahamiyatga ega bo’lib, u quyidagicha
aniqlanadi:
AD = D + (S* - S) / S,
bu yerda
D – aksiyaga egalik qilish davrida
olingan dividend summasi,
S* - sotish narxi,
S – sotib olish narxi
7. Тo’lanadigan dividendlar ulushi (ТDU) quyidagicha aniqlanadi:
TDU = Bir aktsiyaga to’g’ri kеladigan dividеnd / Bir aktsiyaga to’g’ri
kеladigan sof foyda
Bu ko’rsatkich tahlilining xususiyati shundan iboratki, uning «yaxshi» va
«yomon» darajasi bo’lmaydi. Lekin buning umumiy ko’rsatkichi 1 dan oshmasligi
kerak. Bu demak kompaniya dividend to’lash uchun
yetarli darajada foyda
olganligini ko’rsatadi. Agar bu ko’rsatkich 1 dan oshib ketsa,
kompaniya
moliyaviy imkoniyatidan oqilona foydalanganmaganligini yoki zaxira kapitalidan
qarz olganligini ko’rsatadi. Dividendlar xususiy kapitalni kamaytiradi, chunki ular
kompaniya tasarrufida qolgan sof foydadan to’lanadi.
Dostları ilə paylaş: