-
jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi.
Agar jurnal - orderlarda schyotlar bo’yicha analitik ma’lumotlar aks ettirilgan
bo’lsa, ma’lumotlar jamlab chiqiladi va keyingi oy boshiga qoldiq aniqlanadi,
bog’lanuvchi schyotlar bo’yicha aloqasi bor schyotlarning turli registrlari jami
taqqoslanadi. Masalan, 1- jurnal - orderdagi 5010- schyotining jami 2-
qaydnomadagi 5010- schyoti jami bilan taqqoslanadi. Bunday ko’rsatkichlarni
taqqoslab tekshirish barcha jurnal - orderlar bo’yicha bajariladi.
Bundan keyin ma’lumotlar jurnal - orderlardan bosh daftarga o’tkaziladi.
Undan keyin har bir sintetik schyot bo’yicha debet oborotlari chiqarilib keyingi
oyning 1- kuniga qoldig’i chiqariladi. Bosh daftarga ma’lumotlar faqat jurnal -
orderlardan olib yoziladi.
Jurnal - orderlar ma’lumotlari Bosh daftarga o’tkazilgandan so’ng jurnal -
orderlarda quyidagicha izoh beriladi: «Oborotlar summasi Bosh daftarda aks
ettirildi» va sanasi ham ijrochi va bosh buxgalterning imzolari qo’yiladi.
Bosh daftarda schyotlarning qoldig’i chiqarilgandan so’ng ular analitik
ma’lumotlar bilan tekshiriladi, jurnal - order shaklining registrlari ma’lumotlari
bo’yicha balans va boshqa hisobot jadvallari tuziladi.
Dostları ilə paylaş: