Toshkent arxitektura qurilish instituti moliyaviy boshqaruv hisobi fanidan mustaqil ish


 Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni tuzish



Yüklə 120,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix26.09.2023
ölçüsü120,26 Kb.
#149245
1   2   3   4   5   6   7   8
moliyaviy hisobotning mazmuni mohiyati (1).

4. Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobotni tuzish 
Moliyaviy hisobotdan ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxonaning 
asosiy vositalari tarkibi, ularning ish holati va umumiy qiymati muhim ahamiyatga 
ega. Bu ma’lumotlar korxonalarning moliyaviy hisobot tarkibida tuziladigan 
«Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» da aks ettiriladi.
Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot asosiy vositalar va ularning 
eskirishi belgilangan tasnif asosida quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha aks ettiriladi: 
yil boshiga qoldig’i; hisobot davrida asosiy vositalarning kirimi; hisobot davrida 
hisobdan chiqarilgani; yil oxiriga qoldig’i. 
Hisobotning 3 va 6- ustunlarida yil boshi va oxiriga korxona balansida 
hisobga olingan barcha asosiy vositalarning qiymati aks ettiriladi. 
4-ustunda hisobot davrida, qo’shimcha baholash qiymati ham qo’shilgan 
holda quyidagi manbalardan korxona tasarrufiga o’tgan asosiy vositalar aks 
ettiriladi: pulga sotib olish yoki yangidan qurish; aylanma mablag’lardan asosiy 
vositaga o’tkazilishi; boshqa korxona va tashkilotlardan bepul olinishi; 
inventarizatsiya natijasida ortiqcha chiqqan asosiy vositalar kirimi; lizing 
muomalalari bo’yicha uzoq muddatli ijaraga olingan asosiy vositalar. 
5-ustunida qaytadan baholash natijasida narxini pasaytirish ham qo’shilgan 
holda quyidagi sabablarga ko’ra xo’jalik tasarrufidagi asosiy vositalar tarkibidan 
chiqarilgan obyektlar qiymati aks ettiriladi: pulga sotilgan keraksiz va ortiqcha 
asosiy vositalar; asosiy vositalar tarkibidan aylanma mablag’larga o’tkazilgan 
obyektlar; boshqa korxona va tashkilotlarga bepul berilgan obyektlar; eskirishi 


natijasida obyektlarning hisobdan chiqarilishi; tabiiy ofatlar, avariya natijasida va 
boshqa sabablarga ko’ra obyektlarni hisobdan chiqarilishi. 
7 va 10- ustunlarda asosiy vositalarning turlari bo’yicha hisobot davri boshiga 
va oxiriga jamg’arilgan eskirish summasi aks ettiriladi. 
8-ustunda asosiy vositalarni qo’shimcha baholash natijasida qo’shimcha 
hisoblangan amortizatsiya summasi ham qo’shilgan holda hisobot davrida barcha 
asosiy vositalar bo’yicha hisoblangan eskirish summasi aks ettiriladi. 
9-ustunda tugatilgan, sotilgan va boshqa yo’llar bilan xo’jalik tasarrufidan 
chiqib ketgan asosiy vositalar eskirishi ko’rsatiladi. 
11-ustunda asosiy vositalarning yil boshiga qolgan sof qoldiq qiymati aks 
ettirladi. Bu summa 3- va 7- ustun summalari farqidan iborat. 
12-ustunda asosiy vositalarning hisobot davri oxiriga qolgan sof qoldiq 
qiymati aks ettiriladi. Bu summa 6- va 10-ustun summalari farqidan iborat. 
Asosiy vositalarning jami summasidan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish 
yo’nalishidagilarning harakati alohida ajratib ko’rsatiladi. 
Ishlab chiqarish yo’nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga sanoat, qurilish, 
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xo’jaligi 
mahsulotlarini tayyorlash va boshqa moddiy ishlab chiqarish faoliyati sohasiga 
tegishli obyektlar kiradi. 
Noishlab chiqarish yo’nalishidagi asosiy vositalar tarkibiga kommunal 
xo’jalik, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, maorif, madaniyat va shunga 
o’xshaganlarda foydalaniladigan obyektlar kiradi. 
«Ma’lumot uchun» degan bo’limning 180 – 183 qatorlarida asosiy vositalar 
qaysi manbalar hisobidan sotib olinganligi (kirimi) aks ettiriladi. 
 

Yüklə 120,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin