Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo’jalik faoliyatini tahlil qilish,
xarajatlar va yo’qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona
hisobidan to’lanadigan jarimalar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo’llaniladi.
Yillik hisobotga tushintirish xati, korxona rahbarining faoliyatning yo’nalishi
to’g’risidagi ma’ruzasi, ilova qilinadi. Bu korxonaning asosiy analitik hujjatlaridan
biri hisoblanadi. Bunda asosiy ko’rsatkichlar bo’yicha reja bajarilishiga ta’sir
etuvchi quyidagi omillar ochib tashlanadi: mahsulot miqdori, assortimenti, sifati,
mahsulot sotish hajmi,
foyda summasi, tannarxni pasaytirish, mehnat
unumdorligini
oshirish, samaradorlik, ilmiy - konstruktorlik ishlarini natijalari va
istiqbollari va shu kabilar. Тushintirish xatining mazmuni ishlab chiqarishni tashkil
etish va texnologiya xususiyatlari bilan belgilanadi.
Bugungi kunda moliyaviy
hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan.
4[42][44]
Balansga asosan korxonaning to’lov qobiliyati va boshqa bir qancha sifat
ko’rsatkichlarini hisoblab tahlil qilish mumkin.
Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mutlaq to’lov qobiliyati
quyidagicha aniqlanadi:
Korxona mutlaq to’lov qobiliyati = Pul mablag’lari / Korxonaning qisqa
muddatli majburiyatlari
Bu ko’rsatkich 0,2 yoki 20% dan kam bo’lmasligi kerak. Shu yo’l bilan
hisoblab chiqilgan koeffitsiyent korxonaning qisqa muddatli qarz majburiyatlarini
qanchasi zudlik bilan qaytarilishini ko’rsatadi.
Balans ma’lumotlari bo’yicha korxonaning sof aylanma mablag’lari yoki
kapitalini aniqlab olish uning istiqboldagi rivojlanishini ta’riflaydi.
Dostları ilə paylaş: