1. Umumiy ma’lumotlar Qurilish materiallarining har bir turi o’ziga xos fizik, mexanik, kimyoviy va mahsus xossalarga ega bo’ladi.
Materiallarning tarkibi, strukturasi fizik-kimyoviy va texnologik jarayonlar ta’sirida o’zgarishi bilan ularning barcha xossa va xususiyatlari o’zgaradi.
Qurilish materiallari kelib chiqishiga ko’ra tabiiy va sun’iy bo’ladi. Ular xossalariga nisbatan plastik (bitum, giltuproq) elastik (yog’och, po’lat, rezina), mo’rt (sopol, shisha, beton, cho’yan), material mustahkamligiga qarab mustahkamligi yuqori (po’lat, granit, shisha, shishaplast, sitall, beton-polimer), mustahkam (beton, yog’och, polimerbeton, pishiq g’isht) va mustahkamligi kichik (gips, ohaktosh, hom g’isht, ko’pikbeton, gazbeton) turlarga bo’linadi.
Materiallarning ishlatilish sharoitiga ko’ra konstruktiv (tabiiy tosh materiallari, beton, qorishma, sopol, yog’och, polimerbeton, plastmassa va h.k.) va mahsus (issiqlik va tovush izolyatsiyasi, gidroizolyatsiya, bezak, korroziyaga chidamli, olovga bardoshli, radiatsiyadan himoyalovchi, biologik muhitga chidamli va h.k.) turlarga bo’linadi. Qurilish materiallari xossalarini raqamlar bilan baholash maqsadida Respublika standarti (RSt), Tarmoq standarti (TSt), Korxona standarti (KSt), Davlatlararo standart (DSt) lar joriy etilgan. Qurilish materiallari standartlari Davlat standarti qo’mitasi bilan O’zR Davlatarxitektqurilish tomonidan tasdiqlanadi. Bunday standartlar texnik shartlar; texnik talablar; buyum turlari va o’lchamlari; qabul qilish qoidalari; tamg’alash, o’rash va tashish qoidalari va shu kabi xollarda bo’lishi mumkin.
2. Materiallar tarkibi, strukturasi va xossalarining mutanosibligiQurilish materiallarining xossalari ularning tarkibiga va tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Materiallarning kimyoviy, mineral va fazaviy tarkiblarini tekshirmasdan, ular asosida tayyorlangan buyum va konstrukstiyalarni muayyan muhitda ishlatishga tavsiya etilmaydi. Materiallarning kimyoviy tarkibi elementlar va oksidlar orqali ifodalanib, ular xossalarining mustahkamligini, korroziya muhiti va olovga bardoshliligini, suvga munosabati kabilarni belgilaydi. Material tarkibida kimyoviy elementlar va oksidlar erkin holda bo’lmasdan o’zaro minerallarga birikkan bo’ladi. Materiallarning fazaviy tarkibi qattiq, suyuq va gazsimon holatda bo’lib, ularni muayyan shaklda ushlab turuvchi, devorlar hosil qiluvchi (karkas) qattiq fazadan, devorlar orasida hosil bo’lgan g’ovaklar ichidagi suvdan, havodan yoki suv-havo aralashmasidan iborat bo’lishi mumkin. Masalan, material g’ovaklarida suvning muzlashi pirovardida uning buzilishiga olib kelishi mumkin; yopiq g’ovaklardagi havo materialga issiq-sovuqdan, tovushdan izolyastiyalovchi xususiyat beradi.