Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 42,05 Kb.
səhifə4/12
tarix18.04.2023
ölçüsü42,05 Kb.
#100058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Qurilish materiallarining asosiy xossalari-kompy.info

1.3. Fizik xossalari
Zichlik  (gsm3, kgm3) - absolyut zich materialning hajm birligidagi massasidir. Agar materiallar massasini m, zich holatdagi hajmini Va deb belgilasak, unda:
PmVa
Absolyut zich materiallar juda kam bo’lib, ularga kvarts, shisha, po’lat, plastmassalarning ba’zi turlari kiradi. Amaliyotda bunday qattiq materiallarning zichligi tarozilar va hajm o’lchash asboblari yordamida aniqlanadi. Suyuq holatdagi materiallar (suyuq shisha, moyli bo’yoqlar, polimerlar) zichligi piknometr yoki areometrlar yordamida topiladi. Ayrim qurilish materiallarining zichligi (gsm3) quyidagichadir:
Bitum................................................................ 0,9-1,2
Suv (40S da)...................................................... 1,0
Granit ............................................................... 2,6-2,9
Shag’al ..............................................................2,7-2,9
Yog’och .............................................................1,35-1,6
Sopol g’isht ...................................................... 2,5-2,8
Kvarts qumi ...................................................... 2,6-2,7
Portlandtsement .............................................. ..2,9-3,1
O’rtacha zichlik - m(kgm2), material tabiiy holatdagi massasining hajmiga bo’lgan nisbatidir. Agar material massasini m, tabiiy holatdagi hajmini V deb belgilasak, unda
mmV
Ba’zi qurilish materiallarinig o’rtacha zichligi (kgm3) quyida keltirilgan:
Og’ir (oddiy) beton .....................................2100-2600
Engil beton ..................................................1200-1800
Granit ..........................................................2600
Oddiy g’isht ................................................1700-1900
Oyna shishasi ..............................................2650
Shishaplast ..................................................2000
Ko’pik polimer (minora) .......................... 15-20
Qarag’ay yog’ochi ......................................400-600
Mineral paxta ..............................................200-400
Po’lat ...........................................................7850
G’ovaklik - (P) material to’la hajmidagi (V) g’ovaklar (Vp) hajmi bilan belgilanadi:
PVpV yoki P(1-m).100%
Materiallar g’ovaklari havo, gaz yoki suv bilan to’la bo’lib, katta oraliqda bo’ladi (0 dan 98% gacha). G’ovaklik materiallarning asosiy xossalarini ifodalovchi ko’rsatkichdir. Bu ko’rsatgichlar orqali materiallarning mustahkamligi, o’rtacha zichligi, namlanuvchanligi, issiqlik o’tkazuvchanligi, sovuqqa va kimyoviy muhitlarga chidamliligi va boshqa xossalari to’g’risida tushuncha hosil qilish mumkin. Yopiq g’ovaklarning ko’pligi material chidamliligini belgilaydi. Uning g’ovaklari haqidagi to’liq ma’lumotni simob porometriyasi usulida olinadi. Bu usulga ko’ra materiallarning differentsial va integral g’ovakligi, ya’ni g’ovaklarning xarakteri va radiusi to’g’risida xulosaga kelish mumkin.
Solishtirma yuza (S, sm2g) materialga adsorbtsiya qilingan suv bug’i (yoki gaz) bilan uning g’ovaklari ichki yuzasini monomolekulyar qoplama massasiga proportsionaldir, boshqa so’z bilan aytganda 1 g material kukuni zarrachalarini bir qator o’zaro zich qilib joylaganda tashkil etgan yuzani tushunmoq kerak:
S(a1.NM).m ,
bu erda: a1-bir adsorbtsion molekula bilan qoplangan yuza; suv molekulasi uchun a110,6.10-16 sm2; N6,06.1023 Avagadro soni, M- adsorbtsiya qilingan gaz molekulyar massasi (suv bug’i uchun M18).

Yüklə 42,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin