Toshkent arxitektura qurilish instituti


 Umumiy ovqatlanish korxonalarini joylashtirishga qo‘yilgan talablar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

 
16.2. Umumiy ovqatlanish korxonalarini joylashtirishga qo‘yilgan talablar 
Ovqatlanish korxonalarining yer uchastkasi ikkita aniq zonaga bo‘linadi: 
xo‘rrandalar uchun
zona (xo‘rrandalar dam olishi va yozgi mavsum vaqtida ochiq 
havoda ovqatlanish uchun qo‘shimcha o‘rinlarni tashkil etilishi ham nazarda 
tutiladi) va 
xo‘jalik 
zonasi. Bunda xo‘jalik hovlisi yuk avtomobillari uchun kirish 
yo‘llariga hamda binoning omborxonalariga yondosh bo‘lgan yuk tushirish 
maydonchasiga, shuningdek chiqindi yig‘iladigan maydonchaga va xodimlar dam 
oladigan zonaga, xususiy avtotransport turadigan joylarga ega bo‘lishi kerak. 
Qishloq joylardagi ovqatlanish korxonalarining xo‘jalik hovlisida qattiq yoqilg‘i 
saqlanadigan zona (ombor) ham ko‘zda tutilishi lozim. Turar-joy binolari 
tarkibidagi yoki ularga qo‘shib qurilgan umumiy ovqatlanish korxonalarining 
xo‘jalik zonasi va yuk tushirish maydonchalarini ushbu binolarning deraza va 
eshiklari bo‘lmagan qisqa yon tomonlarida joylashtirish kerak. Uchastkada 
avtomobillar turadigan joylar bo‘lishi ham ko‘zda tutilishi lozim. Avtomobillar 
turadigan joylar va umumiy ovqatlanish korxonasi joylashgan bino o‘rtasidagi 
masofa 150 metrdan oshmasligi kerak. 
 
16.3. Hajmiy-rejali yechim 
Korxona (bino) tuzilmasidagi barcha asosiy funksional guruhlar aniq zonalanishi 
va ishlab chiqarish yo‘laklari vositasida qulay funksional o‘zaro bog‘lanishga 
(odamlar va yuklar oqimi yo‘nalishi bundan istisno) ega bo‘lishi kerak. 
Bunda quyidagi ishlab chiqarish sikli amalga oshiriladi: yarim fabrikat va 
xom ashyoni qabul qilish, issiqlik bilan qayta ishlash va taomlarni bezash
mahsulotni sotish va xo‘randalarga xizmat ko‘rsatish.Bu siklga quyidagi xonalar 
guruhlari muvofiq keladi: 


260 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin