Taqrizchilar: -
B.I.Inagamov,
TAQI
“
Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi dotsenti,
arx.f.n.
-
A.D.Tadjiyev, O‘zbekiston Arxitektorlar uyushmasi o‘rinbosari,
dotsent.
O‘
zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil,
20 - iyuldagi 654 - sonli buyrug‘iga asosan darslik sifatida nashr etishga ruxsat
berildi (grif № 654-353).
©Toshkent arxitektura-qurilish instituti – 2020.
3
I-QISM. TURAR JOY BINOLARI
Kirish
Turar-uy joy qurilishi yer yuzida juda katta tarixga egadir. Chunki, odamzot
paydo bo‘lgandan beri u o‘zini tashqi muhit va ta’sirlardan: dushmanlar, yirtqich
hayvonlar, sovuq va issiqdan saqlanish uchun uy-joy qurgan shuningdek, uy-joy
odamni dam olishga va ishlashiga asosiy omil bo‘lib xizmat qilgan. Vaqt o‘tishi bilan
uy-joyning vazifasi, funksiyasi takomillashib va kengayib borgan. Uy-joylar
me’morchiligi jamiyatning sotsial sharoitiga, vaqtning ruhiga va boshqa shart-
sharoitlarga moslasha borgan. U oddiy chayla yoki g‘ordan bizning davrimizga kelib
hozirgi zamon turar-uy joyiga, ya’ni hozirgi mavjud jihozlar bilan takomillashgan
ob’yektga aylandi.
Dastlabki paytlarda iqtisod masalalarining nochorligi ishchilar kuchining va
qurilish materiallarning yetishmasligi natijasda turar-uy joylarga erishish juda
mushkul edi. Shuning uchun o‘sha paytda kommunal (jamoa-umumiy) uylar qurish
masalalari o‘rtaga qo‘yiladi. Kommunal foydalanadigan uylarning xususiyati
shundaki, unda bir uyga bir necha oilani xonalarga joylashtirish natijasida erishiladi.
Ya’ni dahliz yoki yo‘lak orqali har bir oila bittadan xonaga joylashtiriladi. Oshxona
va yuvinish xonasi hamda hojatxonalar bu yerda umumiy foydalaniladi. Albatta bu
xildagi uylar xech qanday qulaylikka ega emas, lekin ular o‘sha qiyinchilik paytida
uy-joy muammosini yechishga qisman yordam bergan edi. Ya’ni boshpanasiz oilalar
shunday uylarga ko‘chib kirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Ikkinchi jahon urushidan keyin bu xildagi uylar aholiga juda qo‘l keldi, chunki
urush natijasida juda ko‘p uylar vayron bo‘lgan edi. Xalq xo‘jaligi tiklangandan
so‘ng turar-uy joylarning yangi turlari barpo qilingan. Ya’ni faqat oilalarni
xonalargagina emas, balki xonadonlarga, kvartiralarga joylashtirish yo‘llari ishlab
chiqilgan. Har bir oila uchun alohida xonadonlar berila boshlangan. Bu xonadonlarda
avvalgidan farqli o‘laroq alohida hojatxona, yuvinadigan xona (obrezxonalar) va
yo‘laklar mavjud edi. Bu esa aholiga avvalgi kommunal umumiy xonalarga nisbatan
anchagina qulayliklar yaratilishiga olib keldi. Lekin, bu yerda xonadan-xonaga o‘tish
prinsipi qo‘llanilgan edi.
4
Har qanday turar-uy joyning shakllanishiga geografik muhit albatta katta ta’sir
ko‘rsatgan. Masalan, shimol tomonda qurilgan uylarda xonadonlarning ichki qismini
tashqi muhitdan sovuqdan saqlashga harakat qilingan, janub tomonda talab buning
aksi bo‘lib, uylarni issiqdan va ularni qizib ketishdan saqlash kerak bo‘lgan.
Shuningdek, uyning ichkari qismini tashqari muhit bilan xamohang bog‘lash kerak
bo‘lgan. Shunday qilib, qarama-qarshi talablar asosida bir-biriga butunlay
o‘xshamagan shimol va janub uylarning tuzilmasi (strukturasi) paydo bo‘lgan.
Milliy madaniyat va urf-odatlari ham turar uy-joylarining tuzilmasiga va xillariga
ta’sir qilgan. Iqlimi bir bo‘lgan janubdagi uy-joylar bir-biriga o‘xshab ketsa ham ular
shu yerdagi yerli xalqning tarixiy madaniyat va urf-odatlariga qarab o‘zgarib borgan.
Shuning uchun o‘zbek xalqining an’anaviy turar-joylari o‘zining iqlim sharoitiga,
madaniyat darajasiga, urf-odatlariga va badiiy an’analariga moslashgan bo‘lgan.
Turar-uy joylarining O‘zbekistonda qurilishi o‘zining tarixiy an’anasiga ega. Uylar
ikki xilda qurilgan: milliy va yevropa usulida. Bu uylar asosan shaxsiy hovlili uylar
bo‘lgan. O‘zbekistonning har bir viloyati o‘ziga xos shu hudud sharoitiga
moslashgan uylar qurgan. Bu uylar uch xilga bo‘lingan: Buxoro, Farg‘ona va Xiva
uslubida qurilgan uylar.
Buxoro uylari feodal davrida juda kam rivojlangan bo‘lib, zich qurilishlarni
tashkil etgan, ular ko‘chaga teskari, ya’ni ko‘chadan ajratilgan holda hovli tarafga
qaratib solingan xonalar bir-ikki qavatli bo‘lib, hovli atrofiga zich qurilgan va
shunday qilib hovlida ko‘chaning issiq va changli havosiga qaraganda ancha yaxshi
va salqinroq iqlim sharoiti hosil qilingan.
Xiva uylari ham yopiq fazoviy muhit shaklida, ya’ni hovli atrofiga qurilgan
bo‘lib, uning Buxorodagi uylardan farqi shundaki, uning tarxida ikki xil ayvon
joylashgan. Bu ayvonlar bir-biriga qarama-qarshi joylashgan bo‘lib, shimol tarafga
qaratib qurilgan ayvon balandroq bo‘lgan va u yoz mavsumida shimol tomondan
esayotgan shamolni hovli tomon yo‘naltirib hovlilarga salqin havo hosil qilishga olib
kelgan. Farg‘ona uylari esa, Farg‘onaning go‘zal vodiylarida paydo bo‘lib, yopiq
harakterini yo‘qotgan. U o‘zining tarxiy yechimida ichkari hovlisi yo‘q bo‘lib, ayvon
orqali bog‘larga qaratilgan bo‘lgan.
5
Farg‘ona vodiysida ayvon yoz oylarida asosiy xona bo‘lib xizmat qilgan.
Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatida ayvonlar oynavand bo‘lib, bu xildagi
ayvonlar tashqaricha usul deb atalgan va aholi yil bo‘yi shu ayvonda istiqomat qilgan.
Rossiyadan ko‘chib kelgan aholi esa o‘z usullarida, ya’ni rus uslubida uylar
qurganlar. Bu uylar bir qavatli bo‘lib, yakka tartibda alohida-alohida qurilgan.
O‘zbekiston iqlim sharoiti bu uylarning tarxida albatta katta-katta ayvonlarni hovliga
qaratilgan holda qurishga majbur qilgan. Bunday uylarning devorlari 80-90 sm
bo‘lib, xom g‘ishtdan terilgan va uyning ichida yozda salqin va qishda issiq
bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Bu uylarning past qavatli va hovliga ega bo‘lishi
shaharlarning eniga qarab o‘sib ketishiga sabab bo‘lgan.
Shahar (yashash) hududlarining tanqisligi tufayli jamiyat rivojlanishida
shaharlar rolining oshish jarayonida aholini joylashtirilishi bo‘yicha liftsiz va ko‘p
qavatli uylar turar – joy binolarining asosiy turlariga aylanmoqda. Ularning ko‘p
sonda qo‘llanishi yashash hududlari va injenerlik kommunikatsiyalaridan yetarli
darajada samarali foydalanish imkonini bermoqda. Turar – joy binolarining bunday
turi Markaziy Osiyo viloyatlarida turli – tuman arxitekturaviy rejaviy, hajmiy –
obrazli va konstruktiv yechimlari bilan yanada keng tarqalib bormoqda. Ular
iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lib, turli sonli va demografik tarkibdagi oilalarning
yashashi uchun fazoviy – rejaviy parametrlar bo‘yicha respublikamizning murakkab
iqlimli va seysmik rayonlarda (7 – 9 balli) ma’lum muddatlarda normal sanitar-
gigiyenik va komfort sharoitlarni yaratadi.
Shuning uchun bo‘lajak me’morlardan shunday loyihalar talab qilinadiki, bu
yangi loyihalar bizning nafaqat iqlim sharoitimizga va shuning bilan birga, bizning
ming yillab shakllanib kelgan urf-odatimizga, madaniyatimizga va tariximizga ham
to‘la javob bera olishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |