Toshkent arxitektura qurilish instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/128
tarix22.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#189947
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   128
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

1. Mikrotuman 
markazi – kundalik 
xizmat 
ko‘rsatish – mikrotuman 
darajasi – birinchi bosqich. 
Mikrotuman
– turar-joy binolari qurilmasining tuzilmaviy elementi, odatda 10-
60 gektar, lekin 80 gektardan ko‘p bo‘lmagan maydonda joylashadi. Mikrotuman 
magistal yo‘llar va ko‘chalar bilan qismlarga ajratilmaydi. Mikrotuman doirasida 
kundalik maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari va muassasalari joylashgan bo‘lib, 
ularning xizmat ko‘rsatish radiusi 500 metrdan oshmaydi (maktab va maktabgacha 
ta’lim muassasalari bundan istisno); chegaralari, odatda, magistral yoki turar-joy 
ko‘chalari, piyoda yo‘llari, tabiiy to‘siqlar bilan belgilanadi. Mikrotuman markazi 
tarkibiga quyidagi jamoat binolari kiradi: 
- maktabgacha ta’lim muassasalari; 
- maktab; 
- oziq-ovqat (sut, non va non mahsulotlari) do‘konlari; 
- savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari; 
- aloqa bo‘limi; 
- bank filiali; 
- poliklinika. 


133 
2. Turar-joy tumanining markazi – davriy xizmat ko‘rsatish – turar-joy 
yoki rejalashtirilgan tuman darajasi – ikkinchi bosqich. 
Turar-joy tumani
– shaharning aholi istiqomat qiladigan hududining tuzilmaviy 
elementi, odatda, 80-250 gektar maydonni egallaydi va uning doirasida xizmat 
ko‘rsatish radiusi 1500 metrdan oshmaydigan muassasa va korxonalar, shuningdek 
shahar ahamiyatiga ega ob’yektlarning bir qismi joylashtiriladi; tabiiy va sun’iy 
to‘siqlar, magistral ko‘chalar va umumshahar ahamiyatiga ega yo‘llar bilan 
chegaralandi. Turar-joy tumani markazi tarkibiga quyidagilar kiradi: 
- ixtisoslashtirilgan maktablar; 
- bank bo‘linmalari; 
- pochta muassasalari; 
- kutubxonalar; 
- katta bo‘lmagan sport inshootlari; 
- klublar; 
- kinoteatrlar; 
- universal zallar; 
- kafe. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin