Toshkent arxitektura qurilish universiteti



Yüklə 24,91 Kb.
səhifə1/2
tarix05.05.2023
ölçüsü24,91 Kb.
#108146
növüReferat
  1   2
IbrayimovMuxiddin loyiha


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRI

TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH UNIVERSITETI
‘‘QURILISHNI BOSHQARISH” fakulteti

KO’CHMAS MULK VA IQTISODIYOTNI BOSHQARISH’’ kafedrasi


LOYIHALASH ASOSLARI’’ fanidan

REFERAT
MAVZU: QURILISH TASHKILOTLARINING TARKIBI VA TASNIFI.


BAJARDI: 31-20 guruh
Ibrayimov M.

QABUL QILDI: I.Karimov

Toshkent-2023
REJA:

I.KIRISH

II.ASOSIY QISM

2.1 Respublikada faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlarining tasnifi:

2.2 Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish

2.3QURILISH-PUDRAT TASHKILOTLARI REYESTRINI SHAKLLANTIRISH VA YURITISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA

III. XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
KIRISH
Qurilish — moddiy ishlab chiqarishning yirik sohalaridan biri; turli maqsadlardagi bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish; ishni yuri-tish uchun foydalaniladigan hudud bilan birga qurilayotgan bino (inshoot); keng maʼnoda yaratuvchilik jarayoni. Tugallangan va foydalanishga topshirish uchun tayyorlangan ishlab chiqarish korxonalari, turar joylar, jamoat binolari, inshootlari va boshqa obyektlar Qurilish mahsu-lotlari hisoblanadi. Qurilishda ishlab chiqarish sikli nisbatan uzun boʻlib (bir necha oydan bir necha yilgacha), ishlab chiqarish jarayoni turli obhavo sharoitida ochiq usulda olib boriladi. Pudrat va xoʻjalik usulidagi Qurilishni va montaj ishlarini, shuningdek, bino, insho-otlarni kapital taʼmirlash ishlarini qurilish tashkilotlari va maxsus tashkilotlar; loyihalash, loyiha-konstruktorlik va qidiruv tashkilotlari; foydalanishga topshirish va raz-vedkaparmalash tashkilotlari amalga oshiradi. Tiklanadigan obyekt xususiyatlariga koʻra sanoat, transport, qishloq, suv xoʻjaligi, uy-joy, kom-munal, ijtimoiy-madaniy va boshqa Qurilishlarga boʻlinadi. Qurilish Oʻzbekiston Respublikasidagi moddiy ishlab chiqarishning eng muhim tarmoqlaridan birini tashkil etadi. Respublika iqtisodiyotida yalpi ichki mahsulot tarkibida salmogʻiga koʻra Qurilish sanoat va qishloq xoʻjaligidan keyin 3-oʻrinda turadi.

Qurilish xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlariga xizmat koʻrsatib, asosiy fondlarni qayta takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni taʼminlaydi, xalq xoʻjaligining maqbul tarkibini barpo etish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni maqsadga muvofiq joylashtirish, respublikaning yangi tabiiy boyliklarini oʻzlashtirish, boʻsh mehnat resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarish ga jalb etishga yordam beradi. Respublikada Qurilish ishlari pudrat, sub-pudrat va qisman xoʻjalik usullarida olib boriladi.


2.1 Respublikada faoliyat yuritayotgan qurilish tashkilotlarining tasnifi: Bino va inshootlar qurish – 23 620 ta; Fuqarolik ob’ektlarini qurish – 3 796 ta; Ixtisoslashtirilgan qurilish – 13 244 ta. Qurilish tashkilotlari eng ko‘p faoliyat yuritayotgan hududlar: Toshkent shahri – 7 804 ta; Toshkent viloyati – 3 540 ta; Qashqadaryo viloyati – 3 285 ta; Farg‘ona viloyati – 3 211 ta.
Qurilish-pudrat tashkilotlari elektron reytingi o‘lchovlari Ishonchlilik toifasi Reyting bahosi Ishonchlilik darajasi % dan % gacha
AAA 1 – yuqori daraja 85% 100%
AA 2 – yuqori daraja 75% 85%
A 3 – yuqori daraja 65% 75%
BBB 1 – o‘rta daraja 55% 65%
BB 2 – o‘rta daraja 40% 55%
B 3 – o‘rta daraja 35% 40%
CCC 1 – qoniqarli daraja 30% 35%
CC 2 – qoniqarli daraja 25% 30%
C 3 – qoniqarli daraja 20% 25%
DDD 1 – quyi daraja 7% 20%
DD 2 – quyi daraja 5% 7%
D 3 – quyi daraja 0% 5%
Toshken shaxridagi qurilish tashkilotlari reytingi:

  1. "DISCOVER INVEST" masuliyati cheklangan jamiyati BBB

  2. "YANGI ZAMON BINO" masuliyati cheklangan jamiyati BBB

  3. "TOPALANG HPD HOLDING" mas‘uliyati cheklangan jamiyati BBB

  4. "TREST-12" aksiyadorlik jamiyati BB

  5. "LAND HOUSE" masuliyati cheklangan jamiyati BB

  6. "KOCHMA MEXANIZATSIYALASHGAN KORXONA" masuliyati cheklangan jamiyati B

  7. "GOLD STEP INVEST" masuliyati cheklangan jamiyati B

  8. "TREST-7" masuliyati cheklangan jamiyati B

  9. "TURON MEGA STROY" masuliyati cheklangan jamiyati B

  10. "PARTNER HOUSE CITY" masuliyati cheklangan jamiyati B


Yüklə 24,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin