Toshkent arxitektura qurilish universiteti


Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish



Yüklə 24,91 Kb.
səhifə2/2
tarix05.05.2023
ölçüsü24,91 Kb.
#108146
növüReferat
1   2
IbrayimovMuxiddin loyiha

2.2 Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish
Hukumat qarori bilan Qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.Nizomga koʻra, maqsadli dasturlarga muvofiq moliyalashtiriladigan obʼyektlarni qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun pudrat tashkilotlari faqat davlat xaridlari elektron tizimining elektron tender savdolari platformasi orqali aniqlanadi.
Mazkur nizom davlat buyurtmachilarining bir shartnoma boʻyicha qiymati BHMning 6000 baravaridan ortiq boʻlgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Mazkur miqdordan kam boʻlgan qurilish sohasidagi elektron tenderlarga ushbu tartib tavsiyaviy ahamiyatga ega.
Tender predmetining boshlangʻich narxi (QQS bilan) BHMning 200 000 baravarigacha boʻlgan elektron tenderlarda faqat oʻsha hudud (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri)da yuridik shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan talabgorlar qatnashadi (Toshkent shahri va Toshkent viloyati yagona hudud deb qabul qilinadi).
Elektron tenderda ishtirok etish uchun takliflar berish muddati tugagan sanadan boshlab 2 ish kuni ichida platforma tomonidan tender gʻolibi aniqlanadi va gʻolib tashkilotga aktsept yuboriladi.
Aktsept gʻolib tashkilot tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab tender tugallangan deb hisoblanadi.
Elektron tender natijalari boʻyicha gʻolib eʼlon qilingan paytdan boshlab 3 kun muddatdan kechikmay pudrat shartnomasi tuziladi.
Tender boʻyicha shikoyatlar, nizo va kelishmovchiliklarni koʻrib chiqish uchun ishchi organ etib Qurilish vazirligi belgilanadi.
2.3QURILISH-PUDRAT TASHKILOTLARI REYESTRINI SHAKLLANTIRISH VA YURITISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-iyuldagi 603-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, Respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


  1. Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2.O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasining qo‘mitaning markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida xodimlar soni 3 nafar bo‘lgan Qurilish-pudrat tashkilotlari reyestrini shakllantirish va yuritish bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. Quyidagilar Reyestrni shakllantirish va yuritishning asosiy maqsadlari va vazifalari hisoblanadi:Qurilish-pudrat tashkilotlarining doimiy ishlaydigan qurilish-ishlab chiqarish xodimlari bilan butlanganligini, ixtisoslashuvga, tashkiliy tuzilmaga va bajariladigan qurilish-montaj ishlari xususiyatiga muvofiq asosiy ishlab chiqarish fondlari (o‘z ishlab chiqarish bazasi, qurilish texnikasi, mashinalar va mexanizmlar, shuningdek kichik mexanizatsiya vositalari) mavjudligi hisobga olingan holda qurilish-pudrat tashkilotlari to‘g‘risidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini tashkil etish;
Respublikada qurilish-pudrat ishlari va xizmatlari bozorida tashkilotlarning holati va salohiyati to‘g‘risidagi axborotni tizimli jamlash;Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlashga yo‘naltiriladigan markazlashtirilgan mablag‘lardan samarali foydalanishni ta’minlash;Loyiha hujjatlariga va tuzilgan pudrat shartnomalariga muvofiq qurilish-pudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan shaharsozlik, sanitariya normalari va qoidalariga, bajariladigan qurilish-montaj ishlari muddatlari va sifatiga rioya qilish to‘g‘risidagi axborotni kuzatib borish imkoniyatlarini ta’minlash;Raqobatga bardoshli qurilish-pudrat tashkilotlarini rag‘batlantirish va pudrat ishlari bozorini rivojlantirish.
4. Reyestrni yuritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi deb ataladi) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Davlat statistika qo‘mitasi deb ataladi) bilan birgalikda amalga oshiriladi.
5. Reyestrga kiritilgan qurilish-pudrat tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 3-martdagi PQ-2137-son qarori bilan belgilangan soliq, bojxona imtiyozlaridan va boshqa imtiyozlardan foydalanadilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. ziyonet.uz

  2. Qurilishni tashkil qilish va rejalashtirish darslik - 2022y mualliflar M.M. Miraxmedov, X.I. Yusupov, I.M.Maxamataliyev, A.T. Ilyasov.

  3. taqu.uz

Yüklə 24,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin