Toshkent arxitekturava qurulish instituti qurulishni boshqarish fakulteti



Yüklə 249,37 Kb.
səhifə3/14
tarix12.05.2023
ölçüsü249,37 Kb.
#112225
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Hojiyev Dilshod kurs ishi 27-20 ....

Pa

Bar

kgk/sm2

kgm/m2
(mm suv. Ust)

mm sim.
Ust.

1 Pa

1

10-5

1,0197-10-5

0,10197

7,600640-5

1 Bar

105

1

1,0197

1,0197-104

750,06

1 kgk/sm2

9,8066404

0,98066

1

10

735,56

1 kgk/m2
(mm.suv.
ust)

9,8066

0,9806640-4

104

1

7,356640-4

1 mm sim.
Ust

133,32

1,3332 10-3

1,33595-10’
3

13,595

1

1-jadval.Bosimning turli o’lchov birliklari orasidagi nisbati:
Bosim o’lchash asboblarini klassifikatsiyasi.
Bosimni o’lchash uchun turli asboblardan foydalanish mumkun.2 – jadvalda bosim o’lchash asboblari va ularning o’lchash diapazonlari haqida umumiy ma’lumot keltirilgan.
Bosim o‘lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra quyidagi turlarga bo’linadi:

  1. Suyuqlikli bosim o’lchash asboblari:

  1. Deformatsion (prujinali) asboblar:

  • Naychasimon prujinali asboblar;

  • Silfonli asboblar;

  • Membranali asboblar.

  1. Yuk – porshenli asboblar.

Mutloq bosim




Ortiqcha bosim



Deformatsion asboblar





Yuk – porshenli asboblar





Issiqlik asboblari



Suyuqlikli asboblar







Elektr asboblar



Ionizatsion asboblar



10-11

10-10

10-9

10-8

10-7

10-6

10-5

10-4

10-3

10-2

10-1

100

101

102

103

104

105

106

Eng yuqori vakuum

Yuqori
vakuum

O’rtacha vakuum

Past vakuum

Mo’tadil bosim

O’rtacha bosim

Yuqori bosim

Eng yuqori bosim





2 – jadval. Bosim diapazonlari (Pa), ularni o’lchaydigan bosim o’lchash asboblari.



  1. Elektr asboblar:

  • Qarshilik manometrlari;

  • Sig’imli manometrlar;

  • Pezoelektrik manometrlar;

  • Induktiv manometrlar.

  1. Ionizatsion asboblar.

  2. Issiqlik asboblar.

O‘lchanayotgan bosim kattalikning turiga ko‘ra o‘lchash asboblari quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Manometr - mutlaq va ortiqcha bosimni o‘lchaydi.

  2. Barometr - atmosfera bosimini o‘lchaydi.

  3. Vakuummetr - berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini o‘lchaydi.

  4. Manovakuummetr - ortiqcha bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi.

  5. Naporomer - kichik qiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi.

  6. Tyagomer - kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydi.

  7. Tyagonaporomer – kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi.


Suyuqlikli bosim o’lchash asboblari.

Suyuqlikli bosim o‘lchash asboblarning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan bosimning suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi bilan muvozanatlashishiga asoslangan. Asboblar turli ish suyuqliklari, ko‘pincha simob, transformator moyi, suv va spirt bilan to‘ldiriladi. Asboblarda tutash idishlar prinsipi qo‘llanadi. Ularda ish suyuqligi sathlari ular ustidagi bosim teng bo‘lganda mos tushadi, bosim teng bo‘lmaganda esa, suyuqlik sathi shunday xolatni egallaydiki, bir idishdagi ortiqcha bosim boshqa idishdagi suyuqlikning ortiqcha ustunining gidrostatik bosim bilan muvozanatlashtiriladi. Ko‘pgina suyuqlikli manometrlar ish suyuqligining ko‘rinadigan sathiga ega. O‘sha sath bo‘yicha ko‘rsatishlarni bevosita yozib olish mumkin. Shunday suyuqlikli asboblar guruhi borki, ularda ish suyuqligining sathi bevosita ko‘rinib turmaydi. Sathning o‘zgarishi qalqovichning siljishiga yoki boshqa qurilma tasniflarining o‘zgarishiga olib keladi. Bu tasniflar yo raqamli qurilmalar yordamida o‘lchanayotgan kattalikning bevosita ko‘rsatishini, yoki uning qiymatini o‘zgartirish va masofaga uzatishni ta’minlaydi.
Quyida suyuqlikli bosim o’lchash asboblarini turlarini ko’rib chiqamiz.


  1. 1 – rasm. Ikki naychali manometr.
    Ikki naychali manometer bosim, siyraklanish va bosimlar ayirmasini (farqini) o‘lchash uchun sathi ko‘rinadigan ikki naychali U-simon manometrlardan, vakuummetrlardan va difmanometrlardan foydalaniladi. Bunday manometrning prinsipial sxemasi 1-rasmda tasvirlangan. Ikki tik tutash naycha (1 va 2) metal yoki yog‘och asos (3) ga mahkamlangan bo‘lib, unga shkala (4) o‘rnatilgan.

Agar naychaning ochiq qismidagi suyuqlik ustunining gidrostatik bosimi ikkinchi qismidagi bosim bilan mos kelsa, asbobda suyuqlik ustuni balandliklari bir xil holatda bo‘ladi. Shunga asoslanib, quyidagi ifodani yozish mumkin:
Pmut*S = Ratm*S + H*S*g*(p-pi) (6)
bu erda, Pmut - o‘lchanayotgan bosim, Pa;
Patm - atmosfera bosimi, Pa;
S - naycha kesimining yuzi, m2;
H - suyuqlik sathining farqi, m;
p - suyuqlikning zichligi, kg/m3;
p1 - monometrdagi suyuqlik ustidagi muhitning zichligi, kg/m3;
g - tezlanish kuchi, m/s2.
Demak,
Pmut = Ratm + H*g*(p-pi) (7)
Port = Rmut - Ratm = H*g*(p-pi) (8)
Suyuqlik ustuni balandligini topish uchun ikki marta ustun balandliklarini hisoblab chiqish (bir tirsakdagi kamayishini, ikkinchisida esa, ko‘payishini) va ularning qiymatini qo‘shish lozim, ya'ni:
H = h1+h2 (9)
Bosimlar farqini (o‘zgarishini) o‘lchashda suyuqlikli differensial ikki naychali manometrning bir tirsagiga (musbat) katta bosim, ikkinchi tirsagiga esa (manfiy) kichik bosim beriladi. Musbat va manfiy tirsaklardagi suyuqlik sathining farqi o‘lchanayotgan bosimlar farqiga mutanosib (ΔP):
ΔP = P1 – P2 = H*g*(p-pi) (10)
Manometrlarda ish suyuqligi kapillyar kuchlarning ta'siridan xalos bo‘lish uchun ichki diametri 8... 10 mm bo‘lgan shisha naychalardan foydalaniladi. Agar ish suyuqligi sifatida spirt olinsa, naychalarning diametrini kamaytirish mumkin. Ikki naychali manometrlardagi xatoliklar manbai mahalliy erkin tushish tezlanishi g ning hisobiy qiymatidan chetga chiqishi, ish suyuqligi va o‘lchanayotgan muhitning zichligi p va pi , h1 va h2 balandliklarni o‘lchashdagi xatolardan iborat. Ularning ko‘rsatish xatosi 20°C haroratda 2 mmdan oshmaydi. Ular noagressiv suyuqlik va gazlarning ortiqcha bosimi va siyraklanishini 0...10 kPa chegaralarda o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Mazkur asboblardan bosimlar farqini o‘lchashda difmanometr sifatida ham foydalanish mumkin.
Tuzilishiga qarab naychali suyuqlikli asboblarning bir naychali (kosali), og‘ma naychali va boshqa turlari mavjud. Bu asboblar ikki naychali asbobning bir turi bo‘lib, ikkinchi naycha o‘rniga keng idish (kosa) ishlatiladi. Suyuqlikli asboblar laboratoriya va ishlab chiqarish tajribasida keng qo‘llanadi. Ularning kamchiliklari ko‘rsatishlarni masofaga uzatish mumkin emasligi, o‘lchash chegaralarining kichikligi, ko‘rsatishlarning yaqqol emasligi va mexanik mustahkam emasligidan iborat.
Texnik o‘lchashlarda kombinasiyalashgan suyuqlikli-mexanik asboblar qo‘llanadi. Ular yuqorida ko‘rilgan asboblardan farqli o‘laroq ish suyuqligining ko‘rinadigan sathiga ega emas. Ularga qalqovichli, qo‘ng‘iroqli va halqali asboblar kiradi.
2. Qalqovichli difmanometrlarning ishlash prinsipi kosali manometrlarnikiga o‘xshash, ammo ularda bosimni o‘lchashda kosadagi suyuqlik sathi balandligining o‘zgarishi natijasida qalqovichning siljishidan foydalaniladi. Uzatish qurilmasi yordamida qalqovichning siljishi strelkaga uzatiladi. Bular, ko‘pincha, bosimning o‘zgarishini o‘lchash uchun ishlatiladi.
2- rasmda qalqovichli difmanometr sxemasi ko‘rsatilgan. Katta bosim beriladigan idish musbat, kichik bosim beriladigan idish manfiy deyiladi. Musbat idishga P1 > P2 bosim berilganda undagi suyuqlik sathi h2 ga pasayib, manfiy idishdagi sathi h1 ga ko’tariladi. P1 - P2 bosimlar ayirmasi suyuqlik ustuning h uzunligi orqali muvozanatlashadi:

Yüklə 249,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin