Toshkent axborot texnologiyalari universiteti amaliy ish Mavzu: Ma`lumotlar bazasini loyihalash, sql yordamida ma`lumotlar bazasini yaratish, ma’lumotlar ustida amallar



Yüklə 429,27 Kb.
tarix07.12.2022
ölçüsü429,27 Kb.
#72925
MALUMOTLAR BAZASI(1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA


KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Amaliy ish


Mavzu: Ma`lumotlar bazasini loyihalash, SQL yordamida ma`lumotlar bazasini yaratish, ma’lumotlar ustida amallar

Bajardi:Abdukarimov Muslimbek


1.Ishdan maqsad: ma`limotlar bazasini loyihalash uchun mohiyat – aloqa modelini ishlab chiqish bo`yicha ko`nikmaga ega bo`lish. Masalani qo`yilishi: ma`lumotlar bazasini lohiyalash va “Mohiyat–aloqa” modelini ishlab chiqish. Uslubiy ko`rsatmalar: ma`lumotlar bazasini lohiyalash quyidagi tashkil etuvchilarini o`rganishni taqazo etadi. Ob`yektlar, ob`yekt xususiyatlari, bog`lanishlar (ob`yekt munosabatlari), vaqt oralig`i va hokazolar. “Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani tashkil etuvchi uchta asosiy komponentalardan foydalanib quriladi: mohiyat, atribut, aloqa. Konstruktiv elementlar tarkibida “VAQT” tashkil etuvchisi faqat oshkormas holda ishtirok etishi mumkin. Modelda vaqt, yil, sana va shunga o`xshash atributlar bilan tasvirlanadi. Modelni quirishda “aloqa”mavjud ob`yektni, jarayonni yoki hodisani, abstraksiyasi sifatida keladi. Atribut mahiyatni xarakterlaridan bo`lib, nom bilan belgilanib, birorta qiymatlar to`plamidan qiymatlar qabul qilinadi. “Mohiyat – aloqa” modelidagi bog`lanishlarga, ikki mohiyat o`rtasidagi har bir bog`lanish turiga tegishli munosabatlarni kiritish zarur (binar, ternar.., n-nar). Loyiha haqidagi axborot diagramma ko`rinishida rasmiylashtiriladi, buning uchun quyidagi belgilar kiritiladi: mohiyat turlari – to`rtburchak bilan, atributlar-ovallar bilan tasvirlanadi va ular mos mohiyatlar bilan yo`nalishsiz qirralar bilan bog`lanadi. “Mohiyat – aloqa” modeli predmet sohani (PS) faqat aniq bir qismini akslantiradi. Bu holda uni lokal model deyiladi. PS haqida to`la axborotga ega bo`lish uchun uni etarli kengroq tekshirish zarur va oldingisini to`ldiradigan local modellar qurish kerak.Shundan so`ng lokal modellar birlashtirilib PS haqida bir butun kompozitsion tasvirga ega bo`lamiz.

2.Tanlangan ob’yekt bo`yicha mohiyat-aloqa diagrammasini yaratish.


Aeroport mohiyat-aloqa diagrammasi




Vazifalar


1. Yuqorida ko`rsatilganlardan foydalanib tanlangan variantga muvofiq mavzu uchun mohiyat aloqa diagrammasini yarating.
2. Predmet soha bo`yicha ob’yektlarni aniqlang.
3. Tanlangan ob'ektlarining atributlarini aniqlang.
4. O`b’yektlar o'rtasidagi bog`lanishni aniqlang.
5. Bajarilgan ishlar haqida hisobot tayyorlang
Mavzu:Aeroport malumotlar bazasi.(Linux)da tuzilishi.

Mysqlga kirish


Mavjud ma’lumotlar bazalarining ro’yxati


5 ta Table yaratib olamiz.


Ularni hammasini malumot bilan to’ldirib olamiz:








DML tili so’rovlari:


SELECT – Amal bajaradigan jadvalimizni tanlash, ekranga chiqarish komandasi. Sintaksisi esa quyidagicha:
SELECT *FROM // jadvalni to’liq chiqarish
SELECT FROM // jadval ustunlarini chiqarish INSERT – SQL da barcha satrlar ushbu buyruq yordamida kiritiladi.
Sintaksisi esa quyidagicha:
INSERT INTO VALUES(“ustun_info”, “ustun_info”, … ); DELETE – satrlarni jadvaldan o’chirish buyrug’i.
Sintaksisi esa quyidagicha:
DELETE FROM WHERE qidiruv_sharti;
UPDATE – Maydon qiymatlarini o’zgartirish buyrug’i.
Sintaksisi esa 2 hil:
UPDATE SET column=expression;
UPDATE SET column=expression
WHERE qidiruv_sharti
Yüklə 429,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin