MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
5330500 - Kompyuter injiniringi (AT-servis) yo‘nalish 4-kurs 208-18-guruh talabasi
Imomnazarov Jamoliddinning
“Tizimli tahlil” fanidan fanidan
1-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Tizim, axborot, bilimlar. Tizimda axborot oʻlchovi.
Fan o‘qituvchisi: A.Abdukarimov
Samarqand - 2022
Laboratoriya ishlarini bajarishning maqsadi va mazmuni
Ishning maqsadi: 1.Tizimlarning asosiy tushuncha va ta’riflarini o’rganish. 2. Laboratoriya ishlarini bajarish jarayonida matematik mantiqni qo’llash.
Ishning mazmuni: Talaba laboratoriya ishlarini bajarish davomida mustaqil tarzda quyidagi topshiriqlarni bajarishi kerak:
Masalaning qo‘yilishi: Quyidagi mulohazani mantiqiy formula ko’rinishida tasvirlang.
Bojxona nazoratini chetlab, yoki, bojxona nazoratidan yashirib, yoxud, bojxona hujjatlari va vositalariga o’xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo’li bilan foydalangan holda, yoki, deklarasiyasiz, yoxud boshqa nomga yozilgan deklarasiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o’tkazish:
Juda ko’p miqdorda;
Xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan bo’lsa;
Eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq, tuzatish ishlari yoxud mol-mulk musodara qilinib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Yechilishi:
Bojxona nazoratini chetlab - A,
v - yoki,
bojxona nazoratidan yashirib - B,
v - yoxud,
bojxona hujjatlari va vositalariga o’xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo’li bilan foydalangan holda - C,
v - yoki,
deklarasiyasiz - D,
v - yoxud,
boshqa nomga yozilgan deklarasiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni O’zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o’tkazish - E:
Juda ko’p miqdorda;
Xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etilgan bo‘lsa - →;
Eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima – F,
v - yoki,
besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish – G;
v - yoki,
uch yilgacha axloq tuzatish ishlari – H,
yoxud – v,
mol-mulk musodara qilinib, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi – I.
Natija: (A v B v C v D v E) →(F v V G v H v I)
Dostları ilə paylaş: |