Toshkent axborot texnologiyalari universiteti


  Dasturlash asoslari bo’yicha multimediali o’rgatuvchi tizimni o’quv



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/21
tarix29.04.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#56673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
O\'zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

1.2.  Dasturlash asoslari bo’yicha multimediali o’rgatuvchi tizimni o’quv 

jarayoniga joriy etish 

Dasturlash  asoslarini  o‘rgatish  oliy  ta‘lim  tizimidagi    bakalavriat  yo‘nalishi 

bo‘yicha talabalarni tayyorlashning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Bundan 

asosiy maqsad, olingan bilimlar bazasida talabalarda keyingi kurslarni o‘zlashtirish 

uchun  fundament  hosil  qilishdan  iborat.  Masalan,  axborot  tizimlari,  axborot 

tizimlarini  loyihalash,  informatika  va  dasturlash  usullari  bo‘yicha  yuqori  darajali 

bilimlarni  olishga  imkoniyatlar  paydo  bo‘ladi.  Ushbu  maqolada  yuqorida 

keltirilgan  dastur  natijasini  testlovchi  avtomatlashtirilgan  tizim  va  undan 

foydalanuvchilarni dasturlash bo‘yicha o‘rgatuvchi multimediali o‘quv kurslaridan 



 

tashkil  topgan  o‘rgatuvchi    izimni  ishlab  chiqish,  uni  amaliyotga  joriy  qilish 



tajribalari haqida fikr yuritamiz.  

Bunday tizimlarni joriy qilish natijasida quyidagilarga erishiladi: 

-  dasturlash  asoslari  bo‘yicha  tarmoq  texnologiyalari  asosida  (on-line  rejimida) 

bilim olish; 

- talabaga qulay bo‘lgan vaqt va joyda bilim olish; 

-  olingan  bilimlarni  shu  vaqtning  o‘zida  amaliyotda  sinovdan  o‘tkazish  va 

baholash; 

- bilim olish jarayonida tuғilgan muammolar bo‘yicha ta‘lim beruvchi bilan tarmoq 

orqali muloqotga kirishish va maslahatlar olish; 

- zamonaviy vositalarni qo‘llash orqali o‘qitish samaradorligini oshirish; 

-  kommunikatsiya  vositalari  yordamida  elektron  o‘quv  qo‘llanmalarni  tezkorlik 

bilan yetkazib berish va olish; 

-  ta‘lim  beruvchi  va  ta‘lim  oluvchi  o‘rtasidagi  doimiy  muloqotni  tashkil  etish  va 

h.k. 


Shu  bilan  birgalikda,  dunyo  miqyosida  sinovdan  o‘tkazilayotgan  va 

respublikamizda  amaliyotga  joriy  etish  uchun  tayyorlanayotgan  masofaviy  ta‘lim 

tizimini  qo‘llash  uchun  ilmiy  va  amaliy  tadqiqotlarni  o‘tkazish  imkoniyatlari  

tuғiladi.    Dasturlash    asoslarini    o‘rganuvchilar    uchun  multimediali  o‘quv 

tizimlarini  yaratish,  respublikamizda  rivojlanib  kelayotgan  mediata‘lim  tizimini 

joriy  etishga  asos  bo‘ladi  va  talab  darajasida  tizimni  qo‘llash  uchun  ma‘lumotlar 

bazasi  shakllanib  boradi.  Asosiy  maqsad  esa,  sinovdan  o‘tkazish  jarayonidayoq 

dasturlash  bo‘yicha  bilim  oluvchilarga  zamonaviy  bilimlarni  (qo‘shimcha 

ravishda) yetkazib berish imkoniyatlari tuғiladi. 

Ishlab    chiqilgan    dasturlash    asoslarini    o‘rgatuvchi    tizim    Web- 

platformaga  asoslangan  bo‘lib,  tizimdan  foydalanuvchilar  on-layn  rejimida 

―Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar‖ ilmiy elektron jurnali. № 5,  yul, 2012 

yil  2  Internet  tarmoғi  orqali  foydalanish  imkoniyati  yaratilgan.    Internet  orqali 

taklif etilayotgan bu tizimdan foydalanuvchilarni bir necha  turga ajratish  mumkin: 

- umumiy ma‘lumotlar, elektron kitoblar, videodarslarni ko‘chirib 



10 

 

oluvchi – erkin foydalanuvchilar; 



- tizim orqali e‘lon qilingan dasturlash bo‘yicha musobaqada ishtirok etuvchilar – 

dasturchilar va hokazo; 

- tizimda taklif etilgan bilimlarni o‘rganuvchi – talabalar; 

- tizimni yangi axborotlar bilan boyitib boruvchi – ta‘lim beruvchilar. 

Keyingi uch turdagi foydalanuvchilar tizimda ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi, ya‘ni 

faqat ro‘yxatdan o‘tgan ta‘lim oluvchilar tizim orqali taklif etilayotgan nazariy va 

amaliy  virtual  darslar  bilan  tanishishi,  olingan  bilimlarni  test-nazorat  va  dastur 

natijasini testlovchi tizimlarda  sinovdan o‘tkazishi mumkin bo‘ladi. 

Har    bir    dars    nazariy    materiallar,    amaliy    mashғulotlar    uchun 

multimediali  mashғulotlar  va  bilimlarni  nazorat  qilish  uchun  test-nazorat 

tizimlaridan tashkil topgan. Dastur natijasini testlovchi tizimga kirish faqat nazariy 

va  amaliy  mashғulotlardan  keyin  taklif  etilgan  test  topshiriqlaridan  (75  %dan) 

yuqori natija ko‘rsatgan dasturchilar uchun mo‘ljallangan. Har bir dars mashғuloti 

uchun  olingan  bilimlarni  sinovdan  o‘tkazish  uchun  test  topshiriqlari  ajratilgan  va 

berilgan  bilimlarga  mos  dasturlash  bo‘yicha  masalalar  taklif  etiladi.  Shu  bilan 

birgalikda nazorat tizimida past ko‘rsatkich (75 % dan kam)ga ega bo‘lgan ta‘lim 

oluvchilar  uchun  qayta  o‘zlashtirishga  mo‘ljallangan  yordamchi  bilimlar  taklif 

etiladi. YOrdamchi bilimlar ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismi qo‘shimcha 

nazariy  materiallarning  multimediali  shakllaridan,  ikkinchi  qismi  esa  dasturlash  

bo‘yicha    algoritmlash,    dastur    matnini    tanlangan    tilda  shakllantirish  kabi 

amallarni o‘rgatuvchi virtual modellardan tashkil topgan. 

Yordamchi  bilim  sifatida  taklif  etiladigan  virtual  modellar quyidagilarni 

o‘zida qamrab oladi: 

- dasturlash bo‘yicha aniq bir masalaning algoritmi; 

- ishlab chiqilgan algoritmning dasturlash tilidagi ko‘rinishi; 

- algoritmning bajarilish qadamlarining dastur matnidagi qadamlarga 

mosligini ta‘minlovchi animatsiyalar (ovozli izohlar bilan); 

- foydalanuvchi bilan interfaol muloqot tashkil etilgan amaliy ishlar 

(aniq masalalarni dasturlash bo‘yicha topshiriqlar). 



11 

 

Dasturlash  bo‘yicha  o‘rgatuvchi  tizimni  joriy  qilish  natijasida  quyidagi 



maqsadlarni ham amalga oshirish mumkin: 

1) dasturlashga oid fanlar bo‘yicha bakalavr va magistrlarning 

o‘zlashtirish samaradorligi sifatini monitoring qilish; 

2) talabalarni dasturlash bo‘yicha olimpiadalarga tayyorlash; 

3) talabalar o‘rtasida dasturlash bo‘yicha olimpiadalarni o‘tkazish; 

4)  talabalarning  dasturlash  bo‘yicha  amaliy  ko‘nikmalarini 

shakllantirish. 

Ishlab chiqilgan tizim ikkita rejimda ishlay oladi: 

1)  Ta‘lim  muassasasi  lokal  tarmoғida  fanlarni  o‘qitishda  amaliy  va  laboratoriya 

mashғulotlari jarayonida foydalanish rejimi. 

2)  Internet  tarmoғida  on-layn  rejimida  bilimlarni  mustaqil  tekshirish  uchun 

qo‘llaniladigan rejim. 

Dastur  natijasini  testlovchi  avtomatlashtirilgan  tizimning  ishlash  prinsiplari 

quyidagicha:  har  bir  tizimga  kirish  ruxsatnomasiga  ega  bo‘lgan  foydalanuvchi 

(talaba,  o‘qituvchi  yoki  administrator)  uchun  maxsus  interfeys  mavjud. 

Foydalanuvchilarning  tizim  bilan  ishlashini  faqat  ma‘lumotlar  bazasidagi  mavjud 

parametrlar orqali cheklashi mumkin.  

Foydalanuvchi 

interfeysi 

ma‘lumotlar  bazasi  bilan  boғliq  holda 

foydalanuvchining hisob yozuvlari, masalalar arxivi, yechimlarni tekshirish uchun 

testlar  to‘plami  va  boshqa  tizimli  ma‘lumotlar  bilan  ishlaydi.  Masalalar 

yechimlarini tekshiruvchi ChEKKER alohida tizim administratori tomonidan ishga 

tushiriladi,  bu  ChEKKER  yechimni  qabul  qilib  tekshiruv  amallarini  bajaradi.  

Dastur natijasini testlovchi tizimning asosini chekker qism-tizimi tashkil etadi. Bu 

qism-tizim quyidagilardan tashkil topgan: 

1) aynan tanlangan masala yechimini kompilyatorga uzatish moduli; 

2) kompilyatsiya qilingan yechimni ma‘lumotlar bazasiga joylashtiruvchi modul; 

3) kompilyatsiya qilingan yangi yechimlar potogini navbatga qo‘yish; 

4) ma‘lumotlar bazasidagi testlar bazasi bilan yechim (kompilyatsiya 

qilingan)ni taqqoslash va natijani foydalanuvchiga uzatish moduli. 



12 

 

Umuman olganda, dasturlash bo‘yicha multimediali o‘rgatuvchi tizim 



klient-server  texnologiyasi  asosida  (taqsimlanuvchi  rejimda)  ishlab 

chiqilgan. 




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin