Toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/21
tarix29.04.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#56673
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
O\'zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommuni

 

 

 

 

 


 

I-BOB. DASTURLASH ASOSLARI FANINI TASHKIL ETISHDA 



PEDAGOGIK VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH 

 

1.1.  Ta'lim jarayoni  uchun elektron darsliklar yaratishning nazariy asoslari 

Respublikada  elektron  o‘quv  adabiyotlaridan  foydalanishga  mo‘ljallangan 

axborot  texnologiyalari  vositalarini  rivojlantirish,  shuningdek,  masofadan  turib 

o‘qitishni  tashkil  etish  bo‘yicha  salmoqli  ishlar  olib  borilmoqda.  Elektron 

adabiyotlar  yaratishning  ilmiy-uslubiy  tomonlari  ko‘pgina  olimlar  tomonidan 

tadqiq  etilmoqda.  2006  yildan  e'tiboran,  elektron  o‘quv  adabiyotlaridan 

foydalanishning  uchinchi  bosqichi  boshlanganiga  qaramay   ta'lim  muassasalari 

uchun  elektron  darslikni  yaratish  va  ularni  o‘quv-tarbiya  jarayonida  qo‘llash 

bo‘yicha ishlar ancha sust ketmoqda. Bu esa, elektron darslik yaratish uslubiyoti, 

uning  tuzilishi,  o‘z  ichiga  oladigan  komponentlariniig  aniq  bir  tizimga 

solinmaganligi bilan bog‘liq. Elektron o‘quv adabiyotlarining uchinchi ya'ni o‘quv 

jarayonida  keng  foydalanish  bosqichiga  o‘tishda,  o‘quv  adabiyotlarining  yangi 

avlodini ishlab chiqish va ta'lim muassasalarini ta'minlashni jadallashtirish hozirgi 

kunning  dolzarb  vazifalaridandir.  Bu  borada  fanlardan  elektron  darslikni  yaratish 

muhim  masala  hisoblanadi.  Shu  o‘rinda,  darslik  atamasiga  ta'rif  berib  o‘tsak 

maqsadga  muvofiq  bo‘lar  edi. Darslik -  Davlat  ta'lim  standarti,  o‘quv  dasturi, 

uslubiyati  va  didaktik  talablari  asosida  belgilangan,  milliy  istiqol  qoyasi 

singdirilgai,  muayyan  o‘quv  fanining  mavzulari  to‘liq  yoritilgan,  tegishli  fan 

asoslarini  mukammal  o‘zlashtirilishiga  qaratilgan  hamda  turdosh  ta'lim 

yo‘nalishdarida  foydalanish  imkoniyatlari  hisobga  olingan  nashr  ekanligini 

ta'kidlaymiz. Elektron  darslik esa,  kompyuter  texnologiyasiga  asoslangin  o‘quv 

uslubini  qo‘llashga,  mustaqil  ta'lim  olishga  hamda  fanga  oid  o‘quv  materiallar, 

ilmiy  ma'lumotlarning  har  tomonlama  samarador  o‘zlashtirilishiga  mo‘ljallangan 

bo‘lib,  quyidgi  shakllarda  ifodalanadi:  o‘quv  va  ilmiy  materiallar  faqat  verbal 

(matn)  shaklida;      o‘quv  materiallari  verbal  (matn)  va  ikki   o‘lchamli  grafik 

shaklida;  multimedia (multimedia  —turli xil aborot) qo‘llanmalar, yani ma'lumot 



 

uch  o‘lchamli  grafik  ko‘rinishida,  ovozli,  video,  animatsiya  va  qisman  verbal 



(matn)  shaklida;  taktil  (his  qilinuvchi,  seziladigan)  xususiyatli,  o‘quvchi  (talaba, 

tinglovchi)ni «ekran olamida» stereonusxasi tasvirlangan qaqiqiy olamga kirishi va 

undagi ob'ektlarga nisbatan qarakatlanish tasavvurini yaratadigan shaklda .  Yangi 

asr  ta'limini  rivojlanish  tendentsiyasi  -  axborot  texnologiyalarini  o‘quv-tarbiya 

jarayoniga  keng  qo‘llash  va  tarqatishdan  iborat.  Bu  yo‘nalishda  asosiy 

vazifalaridan biri turli predmet sohasini o‘z ichiga olgan bilimlar omborini yaratish 

bilan  belgilanadi.  Yangi  axborot  texnologiyalarining  ta'lim  tizimiga  tatbiq  etilishi 

an'anaviy  o‘qitish  jarayonidan  o‘quvchining  o‘zi  ta'lim  jarayonining  borishini 

aniqlaydigan  yangi  jarayonga  o‘tishini  ta'minlaydi.  Elektron  darsliklardan 

foydalangan  holda  tashkil  etilgan  o‘qitish  texnologiyasi  kelajakda  ta'lim  tizimida 

keskin  o‘zgarish  qilishga  qodir.  Ko‘pchilik  iqtidorli  o‘quvchilar  o‘zlarining 

qobiliyati  va  qiziqishiga  mos  ravishda  mustaqil  bilim  olish  imkoniyatiga  ega 

bo‘ladilar.  Ta'limning  bunday  tizimida   maktab  va  oliy  ta'lim   o‘qituvchilari 

bilimlarini  o‘quvchilarga  yetkazishda  anchagina  qiyinchiliklarni  yengishga  to‘qri 

keladi. Hozirgi kunda ta'lim  muassasalarining hammasida ham kompyuterli ta'lim 

yetarlicha  yo‘lga  qo‘yilmagan.  Elektron  darslikni  yaratish  borasida  anchagina 

ishlar qilinayotgan bo‘lsa-da, hali darsliklarga oddiy kutubxonaning kitoblariga ega 

bo‘lishdek  ochiq  tizim  mavjud  emas.  Ta'lim  tizimining  rivojlanishi  bilan  bunday 

kamchiliklar  asta-sekin  yo‘qolib  boradi.  Elektron  darsliklarni  yaratish  juda 

murakkab  jarayondir.  Ta'lim  texnologiyasi  qo‘llaniladigan  o‘quv  jarayoni 

markazida o‘quvchi, texnologiya  qo‘llanish  mazmunida o‘quvchilarning  mustaqil 

ta'lim  olish  qobiliyatini  rivojlantirish  hamda  o‘quv  faoliyati  asosida  o‘qituvchi 

 bilan o‘quvchining hamkorligi yotadi. 

Elektron  darslik  abstrakt  mavjudotlar  uchun  emas,  balki  shaxs  bilan  

ishlashga  mo‘ljallangan.  O‘quvchi  o‘zining  qobiliyati,  fanga  qiziqishi  va  uning 

tayyorgarlik  darajasiga  qarab  ta'lim  usulini  tanlashi  kerak.  Elektron  darslik 

o‘quvchining   bilim   olishini  vaqt  bo‘yicha  chegaralamaydi.  Shuning  uchun  ham 

o‘quv materialini o‘zlashtirish vaqti  o‘quvchining  hoxishiga ko‘ra qisqarishi yoki 

uzayishi  mumkin.  Elektron  darslik  o‘quvchilarga  axborotni  o‘qish,   ma'ruzalarni 



 

eshitish, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan vazifalarii bajarish, 



o‘z  bilimlarini  tekshirish  va,  zarur  hollarda,  ularni  to‘ldirish,  o‘z-o‘zini  nazorat 

qilish  kabi  bilim  shakllarini  tavsiya  etishi  mumkin.  Elektron  darslik  o‘z   ichiga 

trenajyorlar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari uchun vazifalar, testlarni olishi 

va  bir  vaqtda  o‘zida  bilim  berish  va  o‘quvchilarning  o‘zlashtirish  darajalarini 

aniqlash  dasturiy  ta'minotiga  ega  bo‘lishi  kerak.  Boshqacha  qilib  aytganda,  u 

kursning asosiy axborotli qismini bayon etuvchi taqdimot qilishni tashkil etuvchi, 

olingan  bilimlarni  mustahkamlashga  mo‘ljallangan  mashqlar,  o‘quvchilarning 

bilimlarini oqilona baholash  imkoniyatini  beradigan  testlar  kabi uchta komponent 

bo‘lishini  talab  etadi.  Kompyuterga  mo‘ljallangan  darslik:  bir  zumda  teskari 

aloqani  ta'minlashi;  zarur  axborotni tezlikda topishga  yordam  berishi; gipermatnli 

tushuntirishlarga  ko‘p  marta  murojaat  qilishda  vaqtni  tejashi;  ekranga  matnni 

to‘g‘ridan-to‘g‘ri  chiqaribgina  qolmay,  balki  multimedia  texnologiyasi  orqali 

ovozli  tahlil  qilishi  va  modellashtirishi;  aniq  bir  bo‘lim  bo‘yicha  o‘quvchilarning 

o‘zlashtirish darajalariga mos ravishda bilimni baholay olish imkoniyatini yaratish; 

zarur  o‘quv  axborotlarini  yangilash  imkoniyatining  mavjudligi  bilan  an'anaviy 

darsliklardan tubdan farq qiladi. 

Elektron darslik, shuningdek, o‘quv materiallarini ilmiy va ko‘rgazmali qilib 

tasvirlash; tahliliy-sintetik imkoniyati; axborotni to‘la,  tizimli va mantiqiy ketma-

ketlikda  tasvirlash,  o‘quv  materialini  bir  tizimda  berish  va  faollashtirish  kabi  

muammoli;  o‘quv  materialini  o‘zlashtirilishining  mustahkamligi;  ta'limni 

differentsiallashgan  va  individuallashtirilganligi;  moslanuvchanligi  va  emotsional 

ta'sirchanligi  kabi  psihologo-  pedagogik;  to‘la  didaktik  ta'lim  davriyliligi, 

ta'limning  interfaolligi,  teskari  aloqa,  o‘z-o‘zini  boshqarish  vazifalarini  amalga 

oshirish  kabi  boshqarish,  shuningdek,  auditoriya  va  auditoriyadan  tashqaridagi 

mustaqil  faoliyat  jarayonida  darslik  bilan  ishlash  imkoniyati;  ishlashda  qulaylik; 

katta  xajmdagi  axborotni  saqlashning  osonligi  va  o‘quv  adabiyoti  bilan  ishlash 

uchun  zarur  maxsus  texnik  jixozlarning  (masalan,  kompyuterlarning)  mavjudligi 

kabi  tashkiliy-  texnologiik  imkoniyatlar  bo‘lishini  taqozo  etadi.   Nashr  etilgan 

o‘quv materiallarining yuqorida sanalgan didaktik imkoniyatlari an'anaviy darslik, 



 

dasturlashtirilgan  darslik,   elektron  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalar  tajribada 



qiuoslab   ko‘ilganda,  eng  ko‘zga  ko‘ringan  belgilarni  oxirgi  tur  (multimediali) 

o‘quv qo‘llanmalarida mavjud ekanligi tasdiqlangan. Xulosa qilib aytganda, ta'lim 

muassasalarining  o‘quv-tarbiya  jarayonida  foydalanish  uchun  mo‘ljallangan 

elektron  darsliklar  quyidagi  xususiyatlarga  ega  bo‘lmog‘i  lozim:  predmetdagi 

axborotlarning  yaxshi  tuzilishga  egaligi;  o‘quv  predmetining  tuzilishidagi 

elementlariga  gipermatnli,  namoyishli,  audio-  va  videoizoxdarga  asosiy 

mavzularning  mos kelishi;  matn va  namoyish qilish bilan bir qatorda, darslikning 

asosiy  bo‘limlari  bo‘yicha  o‘qituvchilarning  o‘quv  materiallarining  video-yoki 

audioyozuvli bayonlarini berilishi; rasm, model va sxemalarni tezlikda tushuntirish 

tizimiga  ega  bo‘lishi  va  bunda  gipergrafikadan  foydalanilishi;  ko‘p  oynalik 

interfeysning   qo‘llanilishi;  matn  qismlarida  zarur  manbalarga  murojaat  etishga 

mo‘ljallangan  gipermatn  tizimining  mavjudligi;  matn  bilan  tushuntirish  kiyin 

bo‘lgan predmetning boblari kushimcha videoaxborot va animatsiyali kliplar bilan 

ta'minlanishi;  audioaxborotlar  musika  bilan  olib  borilishi;  o‘quvchilar  sinf  va 

sinfdan  tashqarida  bajarishi  kerak  bo‘lgan  vazifa  va  mashqlarning,  shuningdek, 

ularning  javoblarining  berilishi;  asosiy  tushuncha  va  modullarning  izoxli 

lug‘atining mavjudligi bilan an'anaviy darsliklardan farq qilishi kerak. 

 


Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin