S
IMS juda kichik olchamga
keltirilgan microchipligi qulaydir
O
kristall mikrochipga favqulodda juda kichik
ixcham o‘lchamlarda joylashtirish
imkonini berdi.
W
IMSlar murakkablashish
bilan
birgalikda, arzonlashib ham
boradi
T
IMSlar qanchalik murakkablashib,
ixchamlashib borishi bilan bir qatorda,
ularning
ishlash
tezligi,
bajaradigan vazifalari
ko‘lami
ham tobora
ortib
bordi
.
Elektrotexnika va ayniqsa elektronika rivojlanib borar ekan, integral mikrosxemalarning ixtiro
qilinishi zamonning inkor etib bo‗lmas jiddiy talabiga aylanib bordi. Deyarli bir vaqtning
o‗zida bir-biridan bexabar ikki muhandis ixtirochi - Jek Sent-Kler Kilbi (1923-2005) va Robert
Norton Noys (1927-1990) integral mikrosxemani ixtiro qilishgan.
Mutaxassislar integral mikrosxemalarni qisqartirib IMS deb yuritishadi. IMS bu - juda
kichik o‗lchamga keltirilgan elektr zanjiri bo‗lib, u turli xil yarimo‗tkazgichlarni qo‗llash
asosida tayyorlanadi. Ba'zan IMSni oddiygina qilib mikrochip ham deyiladi. Shunday IMS-
mikrochiplar hozirgi kunda deyarli barcha turdagi elektron uskunalarda - oddiy choy
qaynatuvchi elektr choynakdan tortib, murakkab kosmik apparatlarda ham keng
qo‗llanilmoqda.
IMSlarda yarimo‗tkazgichlarning o‗tkazuvchanlik xususiyatini elektr maydoni orqali
boshqariladi. Monolit IMSlarning ixtiro qilinishi esa, avvallari alohida-alohida tayyorlangan va
sxemalarda ham alohida joylashtirilgan elementlar
-
tranzistor
lar, qarshilik, kondensator va ho kazolarni, yarimo‗tkazgich materialdan
tayyorlangan bitta kristall mikrochipga favqulodda juda kichik ixcham o‗lchamlarda
joylashtirish imkonini berdi. Boz ustiga, sxemalarni qo‗lda yig‗ishdan ko‗ra, IMSni avtomatik
yig‗ilishi - juda tezkor va samarali jarayon bo‗lib, bu o‗z navbatida elektron sxemalarning
ishonchliligini orttirish bilan birga, ularning tannarxini ham pasayishiga olib keldi. IMSni
fotolitografiya, ya'ni, trafaret bo‗yicha kerakli geometrik shakllarni kremniyli asosga quyish
orqali tayyorlanadi. IMS juda ixcham bo‗lgani tufayli, undagi tashkiliy elementlarning oraliq
masofasi ham juda-juda qisqa bo‗ladi. Bu esa elektr zanjirida yig‗ilgan mantiqning tezkor
bajarilishini ta'minlaydi.
Jek Kilbi o‗zining IMSini 1958-yilda ixtiro qilgan. Robert Noys esa undan yarim yil keyin
o‗z IMSini yasab namoyish qilgan. Yarimo‗tkazgich sifatida Noys IMSida kremniy elementi
qo‗llangan bo‗lsa, bu maqsad uchun Kilbi
germaniy
elementidan foydalangan.
Zamonaviy IMSlarning ixchamligi Kilbi va Noys chiplaridan bir necha marta kichrayib, ishlash
tezligi ham ulardan chandon ortib ketgan. Xususan, hozirda pochta markasi o‗lchamidek
keladigan mitti mikrochip-IMS ichida milliardlab tranzistorlar bo‗ladi.
IMSlar ixtiro qilinganidan keyin elektronika va mikroelektronika sohasi shu darajada katta
shiddat bilan rivojlanib ketdiki, uning har bir keyingi ilg‗or qadamlari fan-texnika sohasida
navbatdagi inqiloblarni yasab bordi. Xususan, biz bilgan va eng yaqin yordamchimizga
aylangan kompyuterlar va boshqa istalgan elektron qurilma va uskunalar ham aynan
IMSlarning taraqqiyoti tufayli shu darajaga yetib kelgan. Eng qizig‗i esa, IMSlar qanchalik
murakkablashib, ixchamlashib borishi bilan bir qatorda, ularning ishlash tezligi, bajaradigan
vazifalari ko‗lami ham tobora ortib bordi. Odatda, boshqa turdagi texnika vositalari bunday
rivojlanish jarayonida qimmatlashib boradi. Lekin, IMSlar
murakkablashish bilan birgalikda, arzonlashib ham borgan. Bu faktga e'tibor qaratgan
muhandis Gordon Mur hazil aralash shunday degan ekan: "Agar avtomobil sanoati ham
yarimo„tkazgichlar sohasi singari shiddat bilan rivojlanganda edi, Rolls-Roys mashinalarida 1
litr benzin bilan 200 ming km masofani bosib o„tish mumkin bo„lardi, hamda, uni ishxona
oldidagi pullik avtoturargohga qo„ygandan ko„ra, shunchaki ko„chaga tashlab ketish
arzonroq
Nima ham derdik, Mur janoblari "Rolls-Roys" olish ishtiyoqida orzuga yetolmay qolib ketgan
bo‗lsa kerakki, alam ustida shunday deb yuborgan bo‗lishi mumkin...
Ixtirochilarning keyingi taqdiri haqida ham qiziqayotgandirsiz? IMSni birinchi bo‗lib ixtiro
qilgan muhandis - Jek Kilbi o‗sha paytlarda "Texas Instruments" kompaniyasiga endigina ishga
kirgan yosh xodim bo‗lgan. Kilbining deyarli barcha hamkasblari ta'tilga chiqib ketgan paytda
u laboratoriyada ko‗pincha bir o‗zi qolib, IMS modeli ustida muttasil ishlagan. 1958-yilning
sentyabr oyida Kilbi o‗zining ilk ishchi model IMSni yasab, sheriklariga namoyish qilib bergan.
Keyingi yilning 6-fevral sanasida esa, "Texas Instruments" kompaniyasi Kilbi modeli asosida,
IMSlarni seriyali ishlab chiqarish uchun patent rasmiylashtirgan.
Bu boyicha mavzuga oid quyidagi yangi atamalardan
iborat Glossary tayyorladim.
•
KKK – berk konturining barcha shoxobchalari uchun shunga o‘xshash
tenglamalarni qo‘llash va so‘ngra ularning algebrik yig‘indisi xosil qilish
natijasidir.
• Joul-Lents qonuniga ta‟rif - o‘tkazgichda tok ajratib chiqargan issiqlik miqdori
tok kuchi kvadratiga, o‘tkazgichning qarshiligi va tokning o‘tish vaqtiga
proportsionaldir.
• EYUK Elektr yurituvchi kuch — oʻzgaruvchan yoki oʻzgarmas tok energiya
manbalarida tashqi (potensial) kuchlar taʼsirini ifodalaydigan fizik kattalik.
• Superpozitsiya(ustlash yoki jamlash) usuli - Ushbu pozitsiya chiziqli zanjirlar
uchun qo‘llanganda shunday ta‘riflanadi: zanjirning ixtiyoriy shoxobchasindagi
tokning miqdori, har bir manbaning alohida tasiri natijasida (bir man-ba tasiri
ko‘rilayotganda qolganlarini yo‘q deb hisoblab) ushbu shaxobchada xosil
qilingan toklarning yig‘indisiga teng.
• O„zgarmas tok – bu yo‗nalishi va qiymati vaqt bo‗yicha o‗zgarmaydigan
tokdir. Demak, o‗zgarmas tok – bu zaryadlangan zarrachalarning tartibli bir
yo‗nalishdagi harakatidir.
• Elektr energiya manbai – EYuK ni qiymati, yo‗nalishi va ichki qarshiligining
miqdori bilan tavsiflanadi
• Ampermetr - o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok kuchini o‘lchaydigan asbob
• Rezistordan o‗tayotgan tok bilan shu rezistorda hosil bo‗lgan kuchlanish
orasidagi bog‗lanish
• elementning volt-amper tavsifi(xarakteristikasi), (VAT - VAX) deb ataladi.
• Tugun- Elektr zanjirning uchta va undan ortiq qismlari bir-biriga ulanadigan
nuqtasiga aytiladi
• Kamida uchta shohobcha birlashgan nuqta esa, elektr zanjirining
tugunideyiladi.
• Kontur – elektr zanjirining bir nechta shohobchalaridan o‗tuvchi berk yo‗l.
• Yarimoʻtkazgichlar — elektr tokini yaxshi oʻtkazuvchi moddalar
(oʻtkazgichlar, asosan, metallar) va elektr tokini amalda oʻtkazmaydigan
moddalar (dielektriklar) orasidagi oraliq vaziyatni egallaydigan moddalar.
|