|
|
səhifə | 16/17 | tarix | 14.07.2023 | ölçüsü | 439,94 Kb. | | #136577 |
| Otabekova Shahnoza dialektalogiya
45. Shevaga xos bo„lgan yana qanday faktlarni qayd qilgan bo„lardingiz?
Sirdaryo shevasi – o‗zbek adabiy tili bo‘lgan shevalardan biri, o‗zbek tilining qarluq-chigil lahjasiga kiradi. Unda qipchoq lahjasi elementlari ham uchraydi: yur-jur, ayrim-ajrim (semantik differensiatsiya mavjud), yo‗nalish-jo‗nalish, ayrilmoq-ajralmoq. Sirdaryo shevasi singarmonik emas, masalan, tegiz va taqiz, o‗tqaz, kirg‗iz va h.k.; Toshkent shevasida adabiy tildagi kabi 6 unli, singarmonik-qishloq shevalarida – 9 unli. Singarmonik bo‗lmagan shevalar va adabiy tilda indifferent shakllar, leksik omonimiya mavjud (bo‗l, o‗z va shu kabilar).
26
Sirdaryoliklar shevasining ayrim fonetik xususiyatlari:
Unlilar:
1. Barcha unlilar, baʼzi fonetik farqlari bo‗lsa-da (qiyoslang: kirish, bilish, qilish) fonologik jihatdan indifferentdir. Sirdaryo shevasida leksik omonimiya (―bo‗l‖ kabi) yo‗q.
2. Cho‗ziq unli o (bosh) kuchsiz lablangan (qiyoslang: Namangan shevasida lablangan). Bu holat tajribada tasdiqlangan. Ushbu so‗zlardagi lablangan unlining talaffuz etilishini qiyoslang: to‗m – tom (kitob tomi) – tom (uy tomi); to‗k (narsani to‗kmoq) – tok (elektr toki) – tok (o‗simlik).
3. I unlisi ―qitiq‖ kabi so‗zlarda fonetik jihatdan rus tilidagi i unlisiga juda yaqin.
4. Ikki tilda so‗zlashish sharoitida ye(e) unlisini rus tilidan kirgan so‗z bo‗g‗inlarida ham qo‗llash o‗zlashtirilgan: telefon (―tilifon-tilfon‖ emas), student va h.k.
5. Cho‗ziq o unlisining, ayniqsa so‗z oxirida ishlatilishi xarakterli emas: amaldor, Abdulla (qiyoslang: Abdullo). Tojikcha so‗zlarni qiyoslang: balo, jazo, davo.
6. U unlisi keyingi bo‗g‗inlarda ishlatilganda (uru:g‗) oxirgi undosh juda kuchsiz talaffuz etiladi, buning hisobiga undan oldingi unli cho‗zib talaffuz qilinadi, har doim lablangan garmoniya bilan boshlanavermaydi (qiyoslang: etuv-etik, chochu:g‗).
7. Muayyan fonetik holatda tor unli (i, u)ning tushib qolishi (odatda ikkinchi urg‗usiz ochiq bo‗g‗inda: o‗rin+im – o‗rnim, bag‗ir+i – bag‗ri, ko‗ngil+i – ko‗ngli, buyur+ –uq – buyruq) rus tilidan kirgan so‗zlarda
27
kuzatilmaydi (satin+im – satinim). Keng a unlisining ―shahar‖ so‗zidan tushib qolishi adabiy tilning yozma shaklida uchraydi (shahar+i – shahri), shevada kuzatilmaydi (shahari).
8. O tovushi o‗zlashib ketgan [zontik, tom (jild), nomer. Ilgari esa: zo‗ntiy – zo‗ntuv, to‗m, numʼr shaklida ishlatilgan].
Undoshlar:
1. Rus tilidan o‗tgan so‗zlar tarkibidagi s undoshi o‗zlashtirilgan (tovush va affikslar odatda so‗zlar tarkibida o‗tadi): protsent, konsert, sifra (ular avval pʼrasen, kensert, sʼpʼr shaklida ishlatilgan).
2. В lab-tish undoshi o‗zlashtirilgan (vagon, samovar; avval esa: vogon samavor; v–lab-lab). Avtomobil, sostav so‗zlarida fonetik jihatdan f rus tilidagidek talaffuz etiladi; avval esa: eptemebil, sestep. Qiyoslang: forma-po‗rma. Sirdaryo shevasida v undoshi a unli tovushi bilan hatto yonma-yon kelganda ham lab-lab shaklida talaffuz etiladi (savzi, lavang. Qiyoslang: kovla, ovvol).
3. H undoshi ko‗pincha x deb talaffuz etiladi (xamma, ixtimol, shaxar), lekin har doim emas (hid, himmat, bihi, ho‗l, Hidoy – ism). Omonimiya hodisalari: xol (hol, xol).
4. So‗zning boshlang‗ich bo‗g‗inida undoshlar to‗plangan bo‗g‗inlarning yangi tiplari o‗zlashtirilgan va bu hodisa normal hol bo‗lib qolgan (front), muayyan tiplari oxirgi bo‗g‗inda (punkt); so‗zga unli qo‗shish hodisalari endi uchramaydi: istansa (stansiya), turuba (truba), isparapka (i, a; spravka), ishtarap (shtraf) va b.
5. Bir bo‗g‗inli bo‗lmagan o‗rtoq tipidagi so‗zlarda shevada oxirgi tovush kuchsiz F (k – y, v) sifatida talaffuz qilinadi: o‗rto'g‗, etay (etak), etuv, etiy (etik), bʼlduv (bildik). Qiyoslang: bʼlsovuz; bilsamiz (bu shakl qadimgi yozma yodgorliklardagi elementlar shakliga yaqin). Eslatilgan
28
fonetik hodisa feʼl va taqlidiy so‗zlarda kuzatilmaydi. Qiyoslang: ochu:g‗ (ochiq) – ochʼq (ochiq – ochiqmoq), chʼnʼq (chiniq), shereq – shuruq.
Sirdaryo shevasining rivojlanishi leksika sohasida ko‗zga tashlanadi. Sirdaryo shevasi internatsional so‗zlar hisobiga boyib bormoqda, adabiy til va boshqa shevalarga ko‗proq yaqinlashmoqda; barcha o‗zgarishlarni, ijtimoiy hayot, madaniyat taraqqiyotini izchil aks ettirib bormoqda. Sirdaryo shevasi o‗zbek-ruscha zullisonayn (bilingvizm)ning rivojlangan shaklidir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|