Yo‘l va yo‘lakchalar bog‘-park umumiy yer maydonining 5-
25% ini tashkil etadi.
Bog‘da yo‘l va yo‘lakchalardan foydalanish besh sinfga
bo‘linadi:
Birinchi sinf
asosiy magistral yo‘llar, yo‘lakchalar, alleya
lar, ya’ni xiyobonlar bo‘lib, asosiy tashrif buyuruvchilar oqimi
ushbu yo‘llarda harakatlanib sayr qiladi. Bu yo‘llaming eni 10-
30 m gacha bo‘lib, ustki qismi qattiq holatda uzoq davom
etadigan, chidamli konstruksiyadan iborat bo‘ladi.
Ikkinchi sinf
ikkinchi darajali yo‘l va yo‘lakchalardan iborat
bo‘lib, asosiy magistral yo‘l bilan bog‘ning boshqa elementlarini
yo‘l va yo‘lakchalar orqali bog‘laydi, shuningdek, tashrif
buyuruvchilarning bemalol sayr qilishiga sharoit yaratadi. Uning
eni 4,5-10 m bo‘lib, yuza qismi to‘rt burchakli qattiq plitalardan
iborat bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: