chalar bog‘-parklar umumiy yer maydonining 5-25% ini tashkil
etadi.
Aholi yashash hududlari atrofida bog‘-parklar barpo etish
juda og‘ir jarayon bo'lib, ishni bajarishda
maxsus muhandislik
bilimlarini talab qiladi. Ajratilgan yer maydonlarida muhandislik
ishlari (yer maydonlari yuza qismini tayyorlash, ya’ni tekislash,
uning yuza qismida suv yurish harakatini ta’minlash,
yer osti
kommunikatsion muhandislik tizimlarini olib o‘tish, suv hovuz-
chalarini qurish, ular qirg‘oqlarini mustahkamlash va ко‘chat
ekish chuqurlarini tayyorlash) kabi ishlar to‘liq bajariladi. Bu
vaqtda ishlar tizimini bajarishda texnika qoidalariga qattiq rioya
qilgan holda, ish hajmi bajarib boriladi. Shuningdek, yer
maydonlarida
rejalashtirish
ishlarini
o‘tkazishda
olib
chiqiladigan chiqindilarga e’tibor beriladi.
Ortiqcha tuproq
uyumlari, mayda toshlar, shag‘al-qum qoldiqlari yer yuza
qismining chuqur ko‘ringan joylariga tashlab tekislanadi. Yana
bir bor ko‘zdan o‘tkazib o‘sishdan to‘xtagan
daraxt va butalar,
singan, kasallangan, manzara bera olmaydigan daraxtlar ham
olib tashlanadi. Ushbu ishlami bajarishda o‘tkir tig‘li ish
qurollaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya
qilingan
holda ishlar tizimi bajariladi. Chiqindi miqdori (100 m2 maydon
hisobidan) aniqlanib 0,5 m3 gacha qurilish chiqindi miqdori eng
kam miqdordagi chiqindilar; 1 m3 gacha o‘rtacha val,5 m3 esa
kuchli chiqindi miqdori hisoblanadi. Bog‘-parklarda yuqoridagi
ish turlarini bajarishda texnika
vositalaridan foydalanishda
barcha kommunikatsion ish turlari bo‘yicha mutaxassis
xodimlar ishning bajarilishini nazorat qilib boradi.