rivojlanishi kerakligi ranglar majmuasida namoyon bo‘ladi.
Yuqoridagi o‘simliklarning manzarali xususiyatlari e’tiborga
olinib, qaysi o‘simlik qanday o‘simlik turi bilan ekib joylash-
tirilib borilishiga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, yaproq bargli
yoki nina bargli o‘simliklaming butasimonlar va gullar turkumi
bilan badiiy kompozitsiyasiga ham ahamiyat beriladi.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgandan so‘ng barcha shahar va
qishloqlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga
katta e’tibor qaratila boshlandi. Natijada zamon talablariga javob
beradigan darajadagi bog‘lar, xiyobonlar va sayilgohlar barpo
etila boshlandi. Buni biz vatanimiz poytaxti - Toshkent shahri-
dagi Mustaqillik maydoni, Alisher Navoiy nomli Milliy bog‘,
G‘afur G‘ulom, Abdulla Qodiriy, Mirzo Ulug‘bek nomli
istirohat bog‘lari, Shahidlar xiyoboni, Samarqand shahridagi
Registon maydoni, Afrosiyob xiyoboni, Shahrisabz shahridagi
Oqsaroy
majmuasining
bog‘i,
Xorazmdagi
Jaloliddin
Manguberdi bog‘i va yangi barpo etilgan zamonaviy bog‘lardan
2013-yilning 14-yanvarida Prezidentimiz Islom Karimov
tashabbuslari bilan Farg‘ona shahrida barpo etilgan markaziy
xiyobon misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Ushbu bog‘larda
bugungi ко‘kalamzorlashtirishning eng noyob usullarini qo‘l-
lagan holda, ajoyib kompozitsiyaga ega bo‘lgan yashil hududlar,
klumbalar, maysazorlar va gulzorlar barpo etilmoqda.
Dostları ilə paylaş: