4
BIRINCHI BO‘LIM
I bob. Manzarali bog‘dorchilik tarixi
Bizga ma’lumki, Markaziy Osiyoda bog‘-xiyobon san’ati
ko‘p asrlik tarixga ega. Eramizdan 6-7 asr oldin Murg‘ob, Zaraf
shon va Amudaryo vodiylari hududida Sug‘diyona, Baqtriya va
Xorazm kabi o‘lkalar mavjud bo‘lib, ular shimoli-g‘arbiy
tomondan Hindiston, Eron, Qoshg‘ar, Janubiy Xitoy bilan
qadimdan umumiy savdo yo‘li orqali bog‘lanib kelgan. XIII asr
o‘rtalarida 0 ‘rta Osiyoga tashrif buyurgan Marko Polo shunday
deb yozadi: “Samarqand - g‘aroyib bog‘lar bilan o‘rab olingan
buyuk shahar, uni tekisliklar o‘rab turadi, unda turli mevali
o‘simliklar o‘sadi”.
XII-XIII asrlarda Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Xiva
kabi tarixiy shaharlarimizda ajoyib va ko‘rkam ko‘rinishdagi
bog‘larimiz bo‘lgan. Bu bog‘larda mahalliy daraxt va buta
turlari bilan bir qatorda o‘zga yurtlardan: Hindiston, Eron, Misr,
Arab davlatlaridan manzarali yaproq va nina bargli, shuningdek,
mevali daraxt ko‘chatlari keltirilib dunyoga mashhur Samar-
qanddagi Bog‘i Shamol, Bog‘i Eram, Bog‘i Dilkusho,
Bog‘izag‘on, Bog‘irayhon, Bog‘ibehisht, Bog‘ibaland va boshqa
bir necha nomdagi ko‘rkam bog‘lar, guzarlar barpo etilgan.
Bunday yam-yashil bog‘larda o‘simlik dunyosi bilan bir
qatorda har xil turdagi sayroqi qushlar va noyob hayvonlar sayr
etib bog‘lar husniga husn qo‘shib turgan. Ushbu bog‘larda suv
havzalari, labi hovuzlar tashkil etilgan. Ularda ohular va tusto-
vuqlar ko‘paytirilgan. XV asming oxiri - XVI asming bosh-
lariga kelib, Samarqanddagi bog‘ va xiyobonlarda ekiladigan
manzarali o‘simliklaming assortimenti ko‘paya boshladi.
Darvesh Muhammad Tarahan bog‘ida sadaqayrag‘och, sharq
tuyasi, kumushrang teraklar, shuningdek, Jahonaro bog‘ida
sarvlar, oqqarag‘ay, mojjevelnik turkumi, majnuntollar ekila
boshlandi. XVIII asrga kelib 0 ‘rta Osiyoning boshqa xorijiy
5
mamlakatlar bilan savdo-sotiq bo‘yicha aloqalari rivojlanib,
ko‘pchilik sohalarda yuksak natijalarga erishildi. Shu vaqtdan
boshlab odamlar gavjum bo‘lgan hududlarda, tarixiy obidalar,
masjidlar va rasadxonalar atrofida to‘rt burchagiga to‘rttadan
manzarali daraxtlar o‘tqazilgan.
Dostları ilə paylaş: |