Yig‘ilgan g‘udda mevalardan “Daraxt va butalaming urug‘-
lari” 14-161-86 GOST ga binoan (kamida 200 g) o‘rmon urug‘chi-
ligi stansiyasiga yuboriladi. Archa urug‘larining o‘rtacha ekish
normasi:
Zarafshon archasi - 60-70 g; Turkiston archasi - 130-160 g;
Saur archa - 15-17 g/m.
Har tomonlama yaxshi sharoitga ega bo‘lgan ko‘chatxo-
tiadan 2500-3000 metr uzunlikdagi maydondan 1,0-1,2 mln bir
yillik ko‘chat olish mumkin. Shuning uchun ham bugungi kunda
respublikamizning baland tog‘li archa o‘rmonlari mavjud
ho'lgan yer maydonlarida ko‘proq Zarafshon archazorlari barpo
ctishga harakat qilinmoqda.
Bunda, ko‘pincha, terrasa va maydonchalar usulidan foyda-
lanib ekimoqda. Bu esa, o‘z navbatida, tog‘ qiyaliklarining
uurashining oldini olishda va hosildor tuproqlami saqlab
qolishda katta yordam beradi. Xalqimiz vakillarining ishdan va
o'qishdan bo‘sh vaqtlarda tog‘ yon qiyaliklarida bemalol hordiq
diiqarishiga, yoshlarimizning oromgohlarda dam olishiga
nrchazorlar xizmat qiladi. Buning uchun ona tabiatimizning
husn-tarovatiga o‘z ko‘rkini qo‘shib turgan bu yashil daraxtlami
luitun mehrimiz bilan asrab-avaylashimiz kerak bo‘ladi. Uning
ko‘chatlaridan tog‘oldi shahar va aholi hududlarida, orom-
gohlami ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish mumkin.
Dostları ilə paylaş: