Yordamchi va umumishlab chiqarish xarajatlari va ularning hisobni tashkil
qilish.
Korxonada asosiy faoliyatning normal davom etishini ta’minlash maqsadida
yordamchi ishlab chiqarishlar tashkil etiladi. YOrdamchi ishlab chiqarishlarga
quyidagilar kiradi:
turli xil energiya, elektroenergiya, gaz va boshqalar bilan xizmat ko‘rsatish;
transport xizmatini ko‘rsatish;
asosiy vositalarni ta’mirlash;
instrumentlar, qurilish detallarini tayyorlash va qurilish materiallarini
boyitish;
yog‘och tayyorlash va yog‘och arralash;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini tuzlash va konservalash.
Yordamchi
ishlab chiqarishlar faoliyatini buxgalteriyada hisobga olish uchun
quyidagi hisob varaqlar ochilgan:
2310-«YOrdamchi ishlab chiqarish» hisob varaq aktiv bo‘lib, debetida
yordamchi ishlab chiqarishlar bo‘yicha qilingan xarajatlar, kreditida esa ishlab
chiqarishi tugatilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning
haqiqiytannarxi summasi aks ettiriladi. Umumishlab chiqarish xarajatlari– asosiy va
yordamchi ishlab chiqarish sexlarini boshqarish, ularga xizmat qilish hamda ishlab
chiqarishni tashkil qilish bilan bog‘liq xarajatlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevral 54-
sonliqarori (2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli qaror asosidagi o‘zgartirishlar bilan)
bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish va xizmat)lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot
(ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy
15
natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga ko‘ra umumishlab chiqarish
xarajatlari quyidagilardan iborat:
mashina va uskunalarni asrash va ishlatish xarajatlari;
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlarning amortizatsiya ajratmalari;
ishlab chiqarishga tayinlangan asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari;
ishlab chiqarishdagi mulklarni sug‘urtalash xarajatlari;
isitish, yoritish va ishlab chiqarish binolarini asrash xarajatlari;
ishlab chiqarishda foydalaniladigan binolar, mashina va uskunalar, ijaraga
olingan boshqa mulklarning ijara to‘lovlari;
ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan xodimlarning ish haqi;
ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar.
Hisobvaraqlar rejasiga muvofiq umumishlab chiqarish xarajatlarining
buxgalteriya hisobi «Umumishlab chiqarish xarajatlari» degan 2510-hisobvaraqda
yuritiladi. Mazkur hisobvaraq korxonaning asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlariga
xizmat ko‘rsatish xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun
mo‘ljallangan.
Umumishlab chiqarish xarajatlari ishlab chiqarish zahiralari, xodimlarga ish
haqi to‘lash bo‘yicha hisob-kitoblar bo‘yicha hisob-kitoblar va boshqalar hisobi
yuritiladigan hisob varaqlarning kredit qismidan olib «Umumishlab chiqarish
xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda aks ettiriladi. «Umumishlab chiqarish
xarajatlari» nomli 2510-hisobvaraqda hisobga olinadigan xarajatlar «Asosiy
ishlabchiqarishlar» nomli 2010-hisobvaraq va «Yordamchi ishlab chiqarishlar» nomli
2310-hisobvaraqning debetiga hisobdan chiqariladi.
|