21
korxonalarning asosiy faoliyatidan olingan daromadlari, o‘z navbatida, quydagi
guruhlarga ajratiladi: Asosiy bo‘lmagan faoliyatdan olingan daromadlar deganda
bevosita asosiy bo‘lmagan faoliyat turlaridan olingan daromadlar tushuniladi. Bunday
daromadlar Nizomga muvofiq faoliyatdan olingan daromadlar va favqulotda
daromadlarga bo‘linadi. moliyaviy Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar
deganda qimmatli qog‘ozlar, kiredet va qarzlarni berishdan, valuta operatsiyalaridan
olingan daromadlar tushuniladi. Bularga dividentlar,royalty, foizlar va ijobiy kurs
farqlari
ko‘rinishidagi
daromadlar
kiradi.
Mamlakatimizda
iqtisodiyotni
modernizatsiyalash va ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish, inovatsiya jarayonlarini
jadallashtirish va bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy
faoliyat daromadlarini samaradorligini oshirish muhim ahamiyatga ega. Islohatlarning
hozirgi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirishni yanada chuqurlashtirish, uni
moderinzatsiyalash asosida subyektlarning daromad topishi imkoniyatlarini yanada
asosiy vazifa qilib belgilandi. Chunki bozor munosabatlari iqtisodiy manfatlarga
tayanib, unga daromad topish, foyda ko‘rish orqali erishiladi. Mamlakatimiz
iqtisodiyotini mutanosib rivojlantirish, uning samarali tarkibiy tuzilmaga ega
bo‘lishini taminlash va shu orqali barqaror iqtisodiy o‘sish sur'atlariga erishish
vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini oshirishning muxim shartlaridan biri
hisoblanadi. Bu maqsadga erishishi uchun esa, eng avvalo iqtisodiyotning barcha
sohalarida shuningdek, xo‘jalik yurituvchi cubektlarda asosiy (operatsion) faoliyat
daromad manbalarini kengaytirish, rivojlantirish zarur bo‘ladi. Asosiy faoliyatdan
olingan daromad (foyda), bu maxsulot sotishdan olingan yalpi foyda bilan davir
xarajatlari orasidagi tafovut va asosiy faoliyatdan ko‘rilggan boshqa daromadlarni
qo‘shish yoki boshqa zararlarni ayirish orqali aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: