Toshkent davlat agrar universiteti buxgalteriya hisobi, tahlil va audit kafedrasi


Korxona to‘lov qobiliyatining tahlili



Yüklə 138,7 Kb.
səhifə6/9
tarix27.04.2023
ölçüsü138,7 Kb.
#103224
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi

Korxona to‘lov qobiliyatining tahlili

Barcha mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar kabi fermer xo'jaligi ham turli xil korxonalar, tashkilot va muassasalar bilan iqtisodiy aloqa bo'ladi, ya’ni mol yetkazib beruvchilar, sotib oluvchilar va, shu jumladan, tayyorlov tashkiloti, soliq, bank, sug'urta tashkilotlari va boshqa kreditorlar bilan iqtisodiy munosabatda bo'ladi. Ushbu iqtisodiy aloqalar moliyaviy intizom chegarasida sodir bo'lishi, ya’ni belgilangan m uddatlarda amalga oshishi katta ahamiyatga ega. Mol yetkazib beruvchilarga, qarzini o'z vaqtida to'lash, tijorat banklaridan olingan kreditlarni belgilangan muddatda uzish, davlat budjetiga soliqlarni o'z vaqtida to'lash va hokazo to'lovlarni amalga oshirish, sotib oluvchilardan va, shu jumladan, tayyorlov tashkilotlaridan qarzini o'z vaqtida undirib olish kabi jarayonlarning hisob-kitobi iqtisodiy tahlil bo'yicha chuqur bilimni talab qiladi. Bu jarayonlarning natijalari xo'jalikning to'lov qobilyatini ifodalovchi ko'rsatkichlarda namoyon bo'ladi, shuning uchun to'lovga qodirlik darajasini o'rganish va uni oshirish imkoniyatlarini aniqlash tahlilning asosiy maqsadi bo'lib hisoblanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun tahlilning oldida quyidagi asosiy vazifalar turadi.


1) to'lov mablag'lari va to'lov majburiyatlari hajmini aniqlash, hisoblash;
2) to'lovga qodirlik ko'rsatkichlarini uning barcha turlari bo'yicha aniqlash;
3) to’lov qobiliyatiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash va ta’sirini hisoblash, baho berish;
4) to’lov qobiliyati ko‘rsatkichi darajasini oshirish imkoniyatlarini ko’rsatish.
Ushbu vazifalarni samarali hal etish uchun tolov qobiliyatini ifodalovchi barcha ko’rsatkichlarini uzluksiz ravishda tahlil qilib turish zarur. Hisoblash va tahlil etish tartibi ushbu bobda quyida yoritildi.
Buxgalteriya balansi bo‘yicha to‘lov mablag‘iari va to‘lov majburiyatlarining maxsus guruhlari. Korxonaning moliyaviy holatiga baho berishdagi asosiy ko’rsatkichlardan biri bolib, to’lov qobiliyatini ifodalovchi koeffitsiyent hisoblanadi.
Balans bo‘yicha xo‘jalikning to’lov qobiliyatiga aylanma aktivlarning likvidlik ko’rsatkichlari orqali baho beriladi. Balans likvidlik ko’rsatkichlarini tahlil etishdagi asosiy manbadir.
Buxgalteriya balansida xo’jalik mablagiari va ularning tashkil bolish manbalari toliq aks ettiriIgan boladi. Xo’jalik mablagiari balansning aktivida va ularning manbalari esa passivida ko’rsatiladi. Xo'jalik m ablagiari hozirgi paytda «Uzoq muddatli aktivlar» va «joriy aktivlar» tariqasida, ularning manbalari esa «O’z m ablagiari manbalari» va «majburiyatlar» nomlari bilan balansda aks ettirilgan.
Xo’jalikning o’z joriy aktivlari bilan qisqa muddatli majburiyatlarini qoplay olish quvvati balans Iikvidligi deyiladi. Boshqacha aytganda, balans Iikvidligi qarzlarni tolashga boigan qurbining darajasini ifodalaydi.
Korxonaning joriy aktivlarini qisqa muddatli majburiyatlariga bolish orqali balansning likvidlik darajasi aniqlanadi, ya'ni tolovga qodirlik ko’rsatkichi aniqlanadi. Tolovga qodirlik - majburiyatlarini o’z vaqtida qoplay olish qobiliyatini anglatadi.
Aktivlar Iikvidligi deb, aktivlarning vaqt bo’yicha naqd pul shakliga aylanishiga (o’tishiga) aytiladi. Aktivlarning naqd pulga aylanishi uchun ketadigan vaqt ularning tezligini ifodalaydi.
Aktivlarning har bir turi pul shaklini olganiga qadar o’tgan vaqt qancha kam bolsa, uning Iikvidligi shuncha yuqori boladi.
Balans bo’yicha to’lov qobiliyatini tahlil etishga kirishishdan oldin balans aktivi va passividagi moddalarni maxsus belgilari bo’yicha guruhlash maqsadga muvofiq boladi. Balansning aktividagi xo’jalik m ablagiari «likvidlik darajasi (ya’ni pulga aylanish tezligi)» bo’yicha va balansning passividagi xo’jalik mablag’larining manbalari «tolov muddatlari darajasi» bo’yicha maxsus guruhlarga bolinadi.
Balans aktivlarini pulga aylanish tezligi bo'yicha quyidagi 4 ta guruhga bo'lib, tahlil etiladi:
A1 - eng yuqori likvidli aktivlar. Bular doimiy harakatdagi aktivlar deb ham yuritiladi. Bu guruhga korxonaning barcha pul mablag'lari va qisqa muddatli investitsiyalar (qimmatli qog'ozlar) kiradi;
A2 - tez realizatsiya etiladigan aktivlar. Ushbu guruhga barcha debitorlik qarzlari kiritilib kelinmoqda. Bu guruhga tayyor mahsulot, tovarlar, o'stirish va boquvdagi mollarning qiymatlarini kiritish zarur deb hisoblaymiz, ammo o'stirish va boquvdagi mollarning qiymati balansda ajratib ko'rsatilmaganligi uchun biz ushbu guruhning hajmini debitorlik qarzlari. tayyor mahsulot va tovarlar qiymati tariqasida oldik va tahlil qildik.
A3 - sekinlik bilan realizatsiya etiladigan aktivlar; bu guruhga moddiy ishlab chiqarish zahiralari to'liq kiritilib kelinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu guruhga ishlab chiqarish zahiralari (o'stirish va boquvdagi mollar qiymatidan tashqarisi), tugallanmagan ishlab chiqarish va uzoq muddatli investitsiyani kiritib, kelgusi davr xarajatlarini chegirib tashlash kerak.
A4 - qiyinchilik bilan realizatsiya etiladigan aktivlar. Bu guruhga «Uzoq muddatli aktivlar» kiritilib kelinmoqda. Bizning fikrimizcha, bu guruhga uzoq muddatli investitsiyadan tashqari qolgan jami qismini kiritish maqsadga muvofiq bo'ladi. Balans passivlarini «To'lov muddati darajasi» bo'yicha quyidagi 4 ta guruhga bo'lib, tahlil etiladi:
P1 - tezlikda to'lanadigan majburiyatlar. Bu guruhga joriy kreditorlik qarzlari bilan o'z vaqtida qaytarilmagan bank ssudalari kiradi. Joriy kreditorlik qarzlari kreditorlik qarzlaridan Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan to'lov muddati uzaytirilgan kreditorlik qarzlarini chegirib tashlash orqali aniqlanadi.
P2 - qisqa muddatli passivlar. Ushbu guruhga muddatida qaytarilmagan ssudalardan tashqari qisqa muddatli kreditlar va qisqa muddatli qarziar kiradi. Bularning hajmini aniqlash uchun qisqa muddatli kreditlar va qarziar summasidan Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan to'lov muddati o'zaytirilgan ssuda qarzlari summasini chegirib tashlash kerak. Bularni mo'tadil qisqa muddatli kreditlar va qarziar deb atash zarur.
P3 - uzoq muddatli passivlar. Ushbu guruhga uzoq muddatli kreditlar va uzoq muddatli qarziar kiradi.
P4 - doimiy passivlar. Bu guruhga balans passivining l-bo'limidagi barcha moddalar kiritiladi, ya’ni «O 'z mablag'larining manbalari»ning jami doimiy passivlar bo'lib hisoblanadi.
Balansning ham aktivi, ham passivini maxsus guruhlarga bo'lib olgandan keyin likvidlik (to'lovga qodirlik) ko'rsatkichlari aniqlanadi va shular asosida to'lov qobiliyati ko'rsatkichi tahlil qilinadi.
To'lovga qodirlik ko'rsatkichlari va ulami hisoblash usullari.
Balans-netto ma’lumotlari bo‘yicha maxsus guruhlarga bo'lingan aktivlar va passivlar tarkibidagi moddalar asosida fermer xo'jaligining to‘lov qobiliyatiga baho berish uchun amaliyotda balans likvidligining quyidagi nisbiy ko'rsatkichlari qo'llaniladi:
1) mutlaq likvidlik koeffitsiyenti (mutlaq to'lovga qodirlik koeffitsiyenti);
2) tezkor likvidlik koeffitsiyenti (oraliq to'lovga qodirlik koeffitsiyenti);
3) joriy likvidlik koeffitsiyenti (joriy to'lovga qodirlik koeffitsiyenti).
Mazkur koeffitsiyentiar bir-biridan formulaning suratidagi to'lov mablag'­ larining tarkibi bo'yicha farq qiladi, ya’ni qisqa muddatli majburiyatlarni qoplashda (to'lashda) ishtirok etuvchi likvidli aktivlar tarkibi bilan bir-biridan farq qiladi. Endi, ushbu koeffitsiyentlarni hisoblash usullariga to'xtalamiz.


  1. Yüklə 138,7 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin