Toshkent davlat agrar universiteti fanidan mustaqil ish mavzu


Fermentlar, mikrob polisaxaridlari va poliefirlari ishlab chiqarish



Yüklə 20,72 Kb.
səhifə2/3
tarix05.12.2023
ölçüsü20,72 Kb.
#173518
1   2   3
Mikrob texnologiyasi

Fermentlar, mikrob polisaxaridlari va poliefirlari ishlab chiqarish.
Qattiq oziqa sirtida o’stirish usuli. Ekish materialini olish. Oziqa muhiti tayyorlash. Protsudent kulturalarni o’stirish. Kulturani quritish. Texnik va toza ferment preparatlarini olish. Suyuq oziqa muhitida o’stirish usuli. Ekuv materialini olish. Oziqa muhiti tayyorlash. Fermentatsiya. Lipaza, amilaza va proteaza fermentlarini kompleks va toza holatda olish. Mikrob polisaxaridlari va poliefirlari.
Mikrob biotexnologiyasi sanoatida bakteriofaglarning ahamiyati.
Bakteriofaglarni ishlab chiqarish mahsulotlariga tushish manbalari. Lizogeniya hodisasi. Bakteriyalarning fagga bardoshlilik xususiyati. Ishlab chiqarish sharoitida fagolizisga qarshi kurashish.
Mikroorganizmlar tomonidan biomassaning degradatsiyasi va etanol olish.
O’simlik biomassasining asosiy manbalari. Lignosellulozaning zambrug’lar va bakteriofaglar tomonidan parchalanishi. Ligninning parchalanishi. Sellulozaning parchalanishi. Gemisellulozaning parchalanishi. Lignosellulozaning fermentative biodegradatsiyasining rivojlanishi. Mikroorganizmlar yordamida etanol ishlab chiqarish. Birinchi bosqich: hayvon go’ngidan to fermentative shakarlargacha. Ikkinchi bosqich: shakarlardan to alkogolgacha. Birgalikdagi shakarlanish va fermentatsiya: birinchi va ikkinchi bosqichning o’zaro kombinatsiyasi. Biomassadan toza etanol olish istiqbollari.
Mikrob biotexnologiyasi va atrof-muhit muhofazasi.

Mikroorganizmlarning organik manbalarni parchalash qobiliyati. Mikroorganizmlardan suvni tozalashda foydalanish. Ksenobiotiklarning mikroorganizmlar tomonidan biodegradatsiyasi. Minerallarni ajratishda mikroorganizmlardan foydalanish. Tashlandiq suvlarda og’ir metallarni ajratishda mikroorganizmlardan foyalanish.



Xulosa

“Mikrob biotexnologiyasi” yoki “Mikroorganizmlar biotexnologiyasi” – bu mikroorganizmlar hayotiy faoliyati asosida insoniyat uchun zarur bo’lgan, xilma-xil maqsadli mahsulotlar olishni o’rganadigan fan. Hozirgi vaqtda bu fan shuningdek, zamonaviy biotexnologiyani mustaqil ravishda eng ko’p tonnalik mahsulot chiqara oladigan yo’nalishi hamdir. O’stiruvchi substrat sifatida har xil birikmalrni utilizatsiya qila oladigan mikroorganizmlarni o’ta xilma-xilligi keng spektrga mansub bo’lgan biologik faol moddalar olish, shu bilan birga xilma-xil tabiatga ega bo’lgan chiqindilarni zararsizlantirish, energiya olish va uni transformatsiya qilish va ko’plab boshqa jarayonlarni amalga oshirish imkonini beradi. Hozirgi vaqtda mikroorganizmlar ishtirokida amalga oshiriladigan xilma-xil jarayonlar natijasida 200 dan ko’proq kommersiya ahamiyatiga ega bo’lgan birikmalar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan bo’lib, shulardan eng muhimlari: aminokislotalar, antibiotiklar, antimetabolitlar, antioksidantlar, oqsil moddalar, vitaminlar, gerbitsidlar, insektitsidlar, kofermentlar, lipidlar, nukleotidlar, nukleozidlar, nuklein kislotalari, organik kislotalar, pigmentlar, sirttarang moddalar, polisaxaridlar, shishga qarshi preparatlar, erituvchilar, shakarlar, sterinlar, fermentlar, emulgatorlar va boshqalar hisoblanadi.


Mikrob biotexnologiyasining ilmiy va amaliy yutuqlari nafaqat biologiya fanining, balki, unga chegaradosh bo’lgan boshqa fanlarning erishgan yutuqlari bilan ham chambarchas bog’liq.
“Mikrob biotexnologiyasi” inson faoliyati uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni boshqaruv usulida olish imkoniyatiga ega bo’lgan fan hisoblanadi. Bu texnologiyalar mikroorganizmlar va viruslarning katalitik imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshadi. Bu fan mamlakat iqtisodiyotini yanada ko’tarishga xizmat qilib kelayotgan fan: ferment preparatlari, aminokislotalar, oqsil moddalari, xilma-xil dorivor va boshqa biologik faol moddalar olish texnologiyasini o’rganuvchi fan.
Fanni o’zlashtirgan talaba: mikroorganizmlar va ularni metabolizmi haqida umumiy tushunchalarga; mikrob biotexnologiyasi talablariga javob bera oladigan shtammlar yaratish va ularni saqlash hamda o’stirish usullarini, ozuqa muhitini tayyorlash texnologiyasini; mikroorganizmlar yordamida xilma-xil fiziologik faol moddalar, xususan: oqsil moddalari, fermentlar, organik kislotalar, aminokislotalar va boshqa biologik moddalar sintez bo’lish sharoitlari va jarayonlarini; sanoat miqyosida mikroorganizmlarni o’stirish texnologiyasini antibiotiklar, bioinsektitsidlar tayyorlash texnologiyalarini asoslarini xar-xil chiqindilarni mikroorganizmlar yordamida biotransformatsiyalash usullari haqida bilim, ko’nikma va malakaga ega bo’ladilar.



Yüklə 20,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin