Ishdan maqsad: Kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni o’rganish, tarmoq
turlari, tarmoq topologiyasi haqida tushunchalarga ega bo’lish, lokal tarmoqni tashkil
qilish ketma – ketligini o‘rganish.
I uslubiy ko’rsatmalar Kompyuterlar orasida axborot almashish va umumiy masalalarni hamkorlikda
hal qilish maqsadida kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lash ehtiyoji paydo bo‘ldi.
Kompyuterlarni bir-biri bilan bog‘lashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
- kabel yordamida bog‘lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial, juftli
o‘ramli va shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq platasi yordamida bog‘lanadi.
- simsiz bog‘lanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalar
yordamida, Ya’ni radio to‘lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalari
yordamida bog‘lanadi.
Bir-biri bilan bog‘langan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyuter
tarmog‘ini tashkil etadi.
Tarmoq deganda kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning axborot
almashishni ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmuini
tushunishimiz mumkin. Kompyuterlar aro axborotlarni almashishni ta’minlab
beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi.
Kompyuter tarmoqlarini ularning geografik joylashishi, masshtabi hamda
hajmiga qarab asosan uchta turlarga ajratish mumkin:
- lokal tarmoq - bir korxona yoki muassasadagi bir nechta yaqin binolardagi
kompyuterlarni o‘zaro bog‘lagan tarmoq.
-mintaqaviy tarmoqlar - mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasida kompyuter-
larini va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallari orqali
o‘zaro bog‘lagan tarmoqlar.
-global tarmoqlar - o‘ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal va
mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun’iy yo‘ldosh)
aloqalari tarmog‘i orqali bog‘lagan yirik tarmoq.
Lokal kompyuter tarmog‘i uncha katta bo‘lmagan hudud chegarasida joylashgan
abonentlarni birlashtirib, odatda ishchi stantsiyalar va maxsus kompyuterlarni (fayl,
print serverlari va boshqalar) o‘zaro kabel bilan bog‘lashdan iboratdir. Ular o‘z
navbatida kompyuterlarning tarmoq adapterlariga kabel(koaksial, juftli o‘ramli,
shisha tolali)lar yordamida quyidagi topologiyalaridan foydalanilgan holda ulanadi.