Qora rangda
Yuqoridagi kodda «form3» identifiqatori e’lon qilindi, lekin «form2»
identifiqatori ishlatildi. Bunda «form2» bo‘lmaganligi sababli yozuv odatiy holda
namoyon bo‘ldi.
Hozirgi kunda identifiqatordan klassda yaratilgan stillarning ma’lum bir qismini
o‘zgartirish uchun ishlatishmoqda. Misol uchun, bitta klass ochib, unga nom beramiz
va stillar ketma-ketligini kiritamiz. HTML kod ichida Shu klassni chaqirib, undan
foydalanamiz, agar bizga stillar ketmaketligini biror elementini o‘zgartirish kerak
bo‘lib qolsa, identifiqatorni ishga solamiz. Shunda butun stilni bitta elementini
o‘zgartirish uchun boshidan yozib o‘tirmaymiz. HTML tegida klass va identifiqatorni
birga ishlatsak, identifiqator kuchliroq hisoblanadi.
Misol ko‘ramiz.
test_klas
test_klas
Ikkala holatda ham matn qizil rangda chiqadi, identifiqatorda o‘rnatilgani kabi.
Oxirgi berilgan stil natijaga ta’sir qiladi.
Sintaksis va ishlash prinsipi: ID, CLASS, STYLE
Axborot kommunikatsion texnologiyalar.S.Aminov 133
CSS kodlarini HTML kodlarida ishlatishni ko‘rsatib o‘taman. CSS kodlarini
tushuntirib o‘tmayman, faqat ulashni va yozilish sintaksisini ko‘rsataman, keyingi
maqolalardan boshlab, CSS stillarini birma-bir ko‘rib chiqamiz. CSS natijalarini
brouzerda ko‘rish mumkin bo‘ladi, Yana bir narsa, CSSga tegishli barcha darslar
misollari «Firefox Mozilla» brouzeri orqali tekshiriladi, agar sizda boshqa brouzer
bo‘lsa, misol natijalari sal farq qilishi mumkin.
CSS stillar quyidagicha yoziladi:
H1{color: blue; font-size:14 px}
1. Selektor nomi — yozilgan stilni qaysi tegda foydalanish(misolda H1).
2. Qavs — stillar boshlanganini bildiradi.
3. Stil
xususiyati(Svoystvo) —
qaysi
stil
xususiyatidan
foydalanishni
o‘rnatish(misolda color, font-size).
4. Qiymat — tanlangan stil xususiyat qiymati(misolda blue, 14 px).
Agar bir necha stil xususiyatlaridan foydalaniladigan bo‘lsak, ular qo‘shtirnoq(;)
orqali ajratiladi, oxirida qo‘shtirnoq qo‘yish Shart emas. Stil xususiyatlari yig‘indisi
shaklli qavs ichiga olinishi Shart({ }) va har bir stil xususiyatidan so‘ng, uning
qiymatini berishdan oldin ikki nuqta(:) qo‘yilishi kerak.
Sintaksisi bilan tanishib chiqdik, endi HTML kodga ulashni ko‘rsatib o‘taman.
Bir necha xil usulda ulash mumkin:
1. CSS stillarini alohida faylga yozib, bu faylni HTML kodida chaqirib ishlatish
mumkin. Misol uchun, «style.css» nomli fayl yaratib ichiga quyidagi stil xususiyat va
qiymatlarini kiritamiz.
h1{color:blue;font-size:14px}
Undan so‘ng, «index.html» fayl yaratib, bu faylni Yuqorida yaratgan «style.css»
nomli fayl bilan bitta papkaga joylashtiramiz, so‘ng bu faylga quyidagi HTML
teglarni kiritamiz.